|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari
|
bet | 45/87 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 124,9 Kb. | | #140840 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari:
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi;
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari.
Qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolatlari doirasida ish olib boradilar.
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi 1- rasmda keltirilgan.
/
1-rasm. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga
solish davlat tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlarning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlaydi;
umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi va boshqalar.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi;
|
| |