|
1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi va vazifalari. Reja
|
bet | 44/87 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 124,9 Kb. | | #140840 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadiTakrorlash uchun savollar.
O‘z kasbingiz doirasidagi standartlashtirishni qanday izohlay olasiz?
Standartlashtirishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari qanday?
Milliy va mintaqaviy standartlashtirish nima?
O‘zaroalmashuvchanlik deganda nimani tushunasiz?
Meyoriy hujjat atamasiga ta’rif keltiring.
7-Ma’ruza. Texnik jihatdan tartibga solish.
Reja:
7.1.O‘zbekiston davlat texnik jihatdan tartibga solish tizimining tuzilishi.
7.2. Texnik reglament turlari.
7.3. Texnik reglamentlarda belgilanadigan xavfsizlik talablari.
Kalit (tayanch) so‘zlar: texnik jihatdan tartibga solish, texnik reglament, umumiy texnik reglament, maxsus texnik reglament, savdodagi texnik to‘siqlar.
7.1.O‘zbekiston davlat texnik jihatdan tartibga solish tizimining tuzilishi.
O‘zbekiston Respublikasida “Texnik jihatdan tartibga solish” to‘g‘risidagi 2009 yil 23 apreldagi qonunning qabul qilinishi jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun xalqaro tajribalarga uyg‘unlashtirilgan meyoriy hujjatlar ishlab chiqishga sabab bo‘ldi.
“Texnik jihatdan tartibga solish” to‘g‘risidagi qonunning asosiy maqsadi mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Umuman ushbu qonun mahsulotlar, uni ishlab chiqarish jarayonlari, ishlab chiqarish, ishlatilishi, saqlanishi, tashilishi, foydalanilishi, zararsizlantirilishi va xizmatlar ko‘rsatilishini bajarilishi majburiy bo‘lishi texnik talablarni tartibga solishini belgilaydi, texnik reglament talablarini bajarilishi yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvini, hamda tartibga solishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi va ushbu borada yagona texnik siyosat olib borilishiga yunaltirilgan.
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari inson hayoti, sog‘ligi va davlat mol-mulkining xavfsizligini, atrof-muxitning muxofaza qilishi, shuningdek resurslardan oqilona foydalanilishini, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishni ta’minlashdan iboratdir.
Qonunda belgilangan vazifalarni bajarish hamda kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish uchun texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi tuzilgan va u qo‘yidagilardan tashkil topgan:
|
| |