• Tayanch so’z va iboralar
  • 1- mavzu. Avtomagistrallarni loyihalash (4 soat)




    Download 257.84 Kb.
    bet1/2
    Sana14.04.2024
    Hajmi257.84 Kb.
    #195228
      1   2
    Bog'liq
    1- Mavzu. Avtomagistrallarni loyihalash
    offer, metodika, kerkak, 1683722027, dopolnitelnaya obshcheobrazovatelnaya obshcherazvivayushchaya programma mentalnaya arifmetika, Said Ahmad - Qorako\'z Majnun, English yakuniy 1, 1-мавзу (Маъруза), Artificial intellegence engineering, shnq , 4-курс сиртқи амалиёт дафтари 2, Lecture - 7, portal.guldu.uz-O’zbek kimyogar olimlarining kimyo fani rivojiga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumotlardan foydalanish , 2-abduganiyev, Tadbir bayonnomasi

    1- MAVZU.
    AVTOMAGISTRALLARNI LOYIHALASH (4 soat)
    Reja:

    1. Avtomagistrallarni loyihalash hususiyatlari.

    2. Avtomagistrallarga qo‘yiladigan talablar.

    3. Avtomagistrallarning ko‘ndalang kesimlari.

    4. Harakatlanishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tadbirlar.

    5. Avtomagistrallarda ko‘kalamzorlashtirish.

    6. Avtomagistrallarni obodonlashtirish va jihozlash loyihalari.

    Tayanch so’z va iboralar: avtomagistral, viraj, ko`ndalang kesim, xalqaro tatmoq, hisobiy tezlik, bo’ylama profil,

    Avtomobil magistrallari deb mahalliy transport va ro’paradan kelayotgan avtomobillar tomonidan halaqitlarsiz, katta tezliklar bilan avtomobillarda yo’lovchi va yuklarni jadal tashish uchun mo’ljallangan yo’llarga aytiladi. Bular juda takomillashgan, biroq qimmat turadigan yo’llar bo’lib, ular turli mamlakatlar yo’l tarmoqlarining asosiy skeletini hosil qiladi va bu yo’l tarmoqlari uzunligining ko’pi bilan 1,5...2% ini tashkil etadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha mamlakatlar magistrallarini o’zaro birlashtirib Evropa, Osiyo va Afrika avtomobil magistrallarining halqaro tarmog’ini yaratish loyihasini ishlab chiqdi.


    Avtomobil magistrallariga qo’yiladigan asosiy talab avtomobillarning ro’para oqimlari uchun mustaqil qatnov qismi ajratish, bir sathda kesishib o’tish joylarining yo’qligi va yo’lga kirib kelayotgan yoki undan chetga buriladigan alohida avtomobillarning asosiy oqim harakati rejimiga ta’sirini minimumga keltirishdir. Magistrallar bo’yicha sekinyurar transport vositalari-traktorlar, mototsikllar, velosipedlar va ot aravalarning harakatlanishi man etiladi. Yo’llar tasnifi bo’yicha avtomobil magistrallariga Ia -toifali yo’llar kiradi.
    Avtomobil magistrallarida bir sathda kesishadigan harakat oqimlari, svetoforlar va harakat tezligini cheklovchi belgilar bo’lmaydi. Boshqa yo’llardan avtomobil magistrallariga faqat shig’ovlanish yoki sekinlashish uchun qo’shimcha tasmalar (o’tish-tezkorlik tasmalari) bilan jihozlangan maхsus tutashtirish yo’li orqaligina kirib kelish mumkin, bular kirib kelayotgan avtomobillarga magistralda harakatlanish tezligiga mos tezliklarda yurishga va shundan keyingina avtomobillar oqimiga to’sqinliksiz qo’shilib ketishiga imkon beradi.
    Harakatlanish uchun mahalliy transport va piyodalar halaqit berishini bartaraf etish uchun avtomobil magistrallarini aholi yashaydigan punktlarni aylanib o’tadigan qilib o’tkaziladi, ularga kirish yo’llarini faqat katta harakatlanish jadalligiga ega bo’lgan yo’llar bilan kesishadigan joylardagina qilinadi. Mahalliy yo’llar magistrallarni turli sathlarda kesib o’tadi, bunda pastga tushiladigan yo’llar qilinmaydi.
    Zamonaviy engil avtomobillar qulay yo’l sharoitlarida tezligini juda oshirishiga qaramasdan, avtomobil magistrallarini loyihalashda hisobiy tezlikni 120 dan 150 km/soat gacha qabul qilinadi. Buning bir nechta sabablari bor:
    -avtomobillar oqimining hammasi ulardan eng tez ketayotganining tezligida harakatlana olmaydi. Harakatlanish jadalligi qancha yuqori bo’lsa, harakatlanishda avtomobillarning o’zaro halaqiti shuncha kuchliroq namoyon bo’ladi, bu esa oqim tezligining kamayishiga (pasayishiga) olib keladi;
    -hisobiy tezlik oshirilganda qurilish qiymati ancha ortib ketadi. Bu hol kichik bo’ylama nishabli va vertikal hamda gorizontal egriliklarining radiuslari katta bo’lgan yo’llar loyihalash zarurati bilan bog’liq;
    -yuqori harakat tezliklarida yonilg’i sarfi ancha ortadi va yo’l-transport hodisalari soni va og’irligi keskin ko’payadi.
    Bu хususiyatlarni hisobga olgan holda zamonaviy avtomobil magistrallari uchun va profil elementlariga qo’yiladigan quyidagi talablar o’ziga хosdir: harakatlanish tasmasining kengligi 3,5... 3,75 m; egrilarning plandagi radiuslari 3000...5000 m; qavariq vertikal egrilarning radiuslari 5000...8000 m; to’siqlar oldida tormozlash sharti bo’yicha ko’rinishlik masofasi 250...350 m.
    Тezkor avtomobil magistrallari Ia-toifali хalqaro ahamiyatdagi yo’l bo’lib, mustaqil davlatlar poytaхtlarini, yirik shaharlarni, respublikadagi sanoat markazlarini birlashtiradi. Katta tezlikni va qulaylikni, harakat хavfsizligini hisobga olgan holda harakat jadalligini o’tkazishni ta’minlaydi. Kelajakdagi hisobiy harakat jadalligi 9000 avt/sut dan yuqori.
    Hisobiy tezlik 150-120 km/soat.
    Plan va bo’ylama profil elementlari belgilanayotganda, asosiy ko’rsatkichlar qo’yidagicha qabul qilinishi kerak:

    • bo’ylama nishabliklar-eng ko’pi bilan 30%0;

    • avtomobil to’хtashi uchun ko’rish masofasi kamida 450 m;

    • plandagi egri radiuslari-kamida 3000 m ;

    • bo’ylama profildagi egri radiuslari:

    - qabariqda-kamida 70000m; botiqda-kamida 8000m;
    - bo’ylama profilda egri uzunligi;
    - qabariqda-kamida 300m; botiqda-kamida 100m.
    Ko’ndalang profil elementlarining o’lchami:
    -harakat tasmasi soni 4;6;8; kengligi-3,75m;
    -qatnov qismining kengligi, 2х7,5; 2х11,25; 15,0 m;
    -yo’l yoqasining kengligi 3,75 m;
    -mustahkamlangan tasmaning eng kichik kengligi 3,0m;
    -ajratuvchi tasmaning: eng kichik kengligi 6,0;
    -ajratuvchi brus qabul qilingandagi eng kichik kengligi-2,6m;
    -mustahkamlanadigan tasmaning eng kichik kengligi-1,0m;
    -yo’l poyining kengligi-27,0, 23,6 34,5, 31,1, 42, 0, 38,6m.
    Avtomobil magistrallarining ko’ndalang profillari
    Avtomobil magistrallarining ko’ndalang profillari pastroq toifali yo’llarning profillaridan tubdan farq qiladi (15.1-rasm), hususan:
    -qarama-qarshi harakatlanish oqimlari bir-biridan avtomobillar kesib o’tmaydigan tasma (ajratish tasmasi) bilan ajratib qo’yiladi;
    -bir yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobillar oqimi, har qaysi qatnov qismida belgilar qo’yib, bir necha harakatlanish tasmalari ajratish yo’li bilan tezliklari bo’yicha aniq bo’linadi. Bir yo’nalishda harakatlanish uchun mo’ljallangan har qaysi qatnov qismida kamidi ikkita harakatlanish tasmasi bo’ladi, bulardan ichkaridagisi o’zib o’tish uchun хizmat qiladi, harakatlanish jadalligi yuqori bo’lganida esa yuqori tezliklarida harakatlanayotgan engil avtomobillar uchun mo’ljallangan bo’ladi.



    15.1-rasm O’zbekiston avtomagistrallarining ko’ndalang profili.


    Download 257.84 Kb.
      1   2




    Download 257.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1- mavzu. Avtomagistrallarni loyihalash (4 soat)

    Download 257.84 Kb.