Qurilmalar yaratish jarayonining asosiy bosqichlari




Download 34,13 Kb.
bet2/6
Sana16.11.2023
Hajmi34,13 Kb.
#100055
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- Mavzu
Moliya bozorini tartibga solish boʻyicha jahon tajribasi, Atrof, Boshnalg’ich sinflarda imioviy sezgirlikni o’stirish, 123131, 7. Parallel plastinalar orasida nuriy issiqlik almashinuvi (1), 1- амалий, IT va IYoD, Madaminov Lazizxon Oliy Matematika, 7jOR80B51dYnRK0yTPf039d5Vp8qoTNAB9F8y09j, payment 0250403117 2.6.2022 20 30, Neftning 250-300 fraksiyasidagi maxsulotlarida alifatik uglevodorodlarni ajratib olish, Idul Fitri, cmd buyruqlari english, mustaqili talim mavzulari, ABRORBEK 2
1.1.1 Qurilmalar yaratish jarayonining asosiy bosqichlari
Yangi qurilmalar yaratish jarayoni unga bo‘lgan ehtiyojni tug‘ilishi va bu ehtiyojni fan va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi asosida qondirish imkoniyati yuzaga kelishi bilan boshlanadi.
Yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshiruvchi qurilmalarni loyihalash paytida quyidagi asosiy shartlarga amal qilish tavsiya etiladi:
- qayta ishlash jarayonlarida xom-ashyoni yo‘qotilish miqdori minimal bo‘lishi, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning yuqori sifati ta’minlanishi va buning uchun mehnat sarfi kam bo‘lishi lozim;
- loyihalanayotgan jihoz ekspluatatsiya jarayonida ishonchli, unga xizmat ko‘rsatuvchilarga va atrof-muhitga bezarar hamda yuqori samaradorlikka ega bo‘lishi kerak;
-xom-ashyoni kompleks qayta ishlash, hosil bo‘lgan chiqindilardan ikkilamchi mahsulotlar yoki hayvonlar uchun omuxta yem ishlab chiqarishni ta’minlash.
Qurilmalarni loyihalash ishlari, mavjud mezonlarga ko‘ra, bir necha bosqichda bajariladi. Bu bosqichlarda bajariladigan loyiha-konstruktorlik xujjatlari tarkibiga loyihachi tashkilotning texnik taklifi, qurilmani eskiz va texnik loyihalari, jihozning tajribaviy na’munasi (yoki turkumi) uchun ishchi xujjatlar, seriyada yoki ommaviy tarzda ishlab chiqariladigan jihozning yakuniy ishchi xujjatlari jamlanmasi kiritiladi.
Loyiha ishlari iste’molchining yangi jihoz yaratish yoki mavjud qurilmalarni mukammallashtirish bo‘yicha texnik topshirig‘i asosida amalga oshiriladi. Texnik topshiriqda mukammallashtirilayotgan yoki loyihalanayotgan jihozning tipi, turi, ish sharoiti, ish unumdorligi, ishchi hajmi, qizdirish yuzasi, quvvati, ishchi organni aylanish tezligi kabi bir qator muhim texnik parametrlarning qiymatlari haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Loyihalanayotgan jarayonning birinchi bosqichi texnik taklifdir. Texnik taklif tasdiqlangan texnik topshiriqqa asosan yoki unga bog‘liq bo‘lmagan holda, loyihachi tashkilotning o‘z tashabbusi bilan ishlab chiqiladi. Bu bosqich uch etapda bajariladi.
Birinchi etapda yangi qurilmani loyihalash jarayonining texnik- iqtisodiy asoslashga doir texnik, texnologik, ilmiy va mezoniy mazmundagi materiallar yig‘iladi. Bu paytda o‘xshash vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan mavjud jihozlarning tuzilishi, ishlash prinsipi va ishlab chiqarish sinovlarining natijalari batafsil o‘rganiladi; o‘rganilayotgan sohaga tegishli bo‘lgan patentlar va mualliflik guvohnomalari ham ko‘rib chiqiladi. Shu tariqa texnik yechimning turlicha variantlari ishlab chiqiladi.
Birinchi etapda bajarilgan ishlarning umumlashtirilgan natijalari asosida texnik taklif ishlab chiqiladi (ikkinchi etap). Bu paytda jihozni tanlangan variant bo‘yicha prinsipial sxemasi, asosiy qismlarining joylashuvi va uning birlamchi umumiy ko‘rinish chizmasi tayyorlanadi.
Uchinchi, yakuniy, etapda texnik taklif tegishli ilmiy-texnik kengashlarda, mutahassislik qo‘mitalarida ko‘rib chiqiladi. Qiziquvchi tomonlar bilan kelishiladi. Shundan so‘ng texnik taklif buyurtmachi, loyihalash bo‘limi va loyihalanadigan jihozni tayyorlovchi mashinasozlik korxonalarining vakolatli boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Loyihalashning ikkinchi bosqichida qurilmani eskiz loyihasi yaratiladi. Eskiz loyihasi texnik taklifni ko‘rib chiqqan ilmiy-texnik kengash bayonnomasi yoki texnik topshiriqda jihoz loyihasining eskiz varianti bajarilishi lozimligi ko‘rsatilganda bajariladi. Eskiz loyihasi qurilmaning tuzilishi va ishlash prinsipi haqida umumiy tushunchalar beruvchi prinsipial konstruktiv yechimlar va bo‘lajak jihozning vazifasi, asosiy parametrlari va gabarit o‘lchamlarini belgilovchi ma’lumotlarni o‘zida mujassamlagan konstruktiv xujjatlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Texnologik jihozning eskiz loyihasini tayyorlash jarayonida quyidagi ishlarni bajarish ko‘zda tutiladi:
1. Loyihalanayotgan jihozning texnologik sxemasi, asosiy ishchi organlarning tanlangan shakli, ishchi kameralar, mahsulot kiradigan va chiqadigan tuynuklarning joylashuvi eskizlarda tasvirlanadi.
2. Belgilangan ish unumdorligi bo‘yicha qurilmaning reaksion hajmi, ishchi organlarning o‘lchamlari va kinematik parametrlarini aniqlash bo‘yicha texnologik hisoblar bajariladi.
3. Texnologik hisoblar natijalariga ko‘ra jihozning ishchi organlariga ta’sir etuvchi kuchlar qiymati aniqlanadi; ishchi organlarning o‘lchamlari (puxtalik talablari bo‘yicha) va zaruriy quvvat qiymatlari hisoblanadi.
4. Loyihalanayotgan jihozning texnologik sxemasiga asosan uning kinematik va strukturaviy sxemalari hamda siklogrammalari ishlab chiqiladi; kinematik zanjir elementlarining parametrlari asosida elektrodvigatelning iste’mol quvvati aniqlanadi.
5. Jihoz qismlari ergonomik va estetik talablar asosida kompanovkalanadi.
6. Eskiz ishlanmalari texnologlar, dizaynerlar, elektriklar va tegishli soha mutahassislari o‘rtasida muxokama qilinadi va shu tariqa ishlanmalarning ratsional varianti tanlanadi.
7. Loyihalanayotgan jihoz va uning asosiy qismlarini yig‘ma chizmalari, prinsipial sxemalari va umumiy ko‘rinish chizmasi chiziladi.
8. Eskiz loyihasini harakatdagi mezoniy xujjatlarda keltirilgan talablarga monandligi tekshiriladi.
9. Loyihaning hisob-tushuntirishlar yozuvi tuziladi va buyurtmachiga topshiriladi.
Ushbu bosqichda jihoz yoki uning asosiy qismlari maketi (modeli) tayyorlanishi va sinalishi mumkin. Modelda o‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra nazariyaning to‘g‘riligi tekshiriladi, jarayonning asosiy parametrlari va amalga oshirish rejimlari aniqlanadi.
Eskiz loyihasini muxokama qilish va tasdiqlash tartibi texnik taklifni ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibiga aynan o‘xshash bo‘ladi.
Loyihalashning uchinchi bosqichida mashina yoki qurilmaning texnik loyihasi yaratiladi. Texnik loyiha yaratilayotgan jihozning tuzilishi haqida to‘la tasavvur beruvchi yakuniy texnik yechimlarni va ishchi konstruktorlik xujjatlari ishlab chiqilishi uchun zarur bo‘lgan birlamchi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Texnik loyihani ishlab chiqish jarayonida quyidagi asosiy ishlar bajariladi:
- konstruktiv yechimlar qayta ishlanadi va jihozning umumiy ko‘rinishi, yig‘ma birliklar va murakkab detallarni (masalan, korpus, asos, ishchi organlar va b.) chizmalari chiziladi;
- dastlabki bajarilgan kinematik, mustahkamlik va energetik hisoblar aniqlashtiriladi;
- jihozning prinsipial sxemalari (kinematik, gidravlik, elektrik, avtomatlashtirish sxemalari va b.) tuziladi;
- jihoz konstruksiyasini tayyorlash texnologiyasi nuqtai nazaridan qulayligi, ergonomik, xavfsizlik va estetik talablarga monandligi qayta ko‘rib chiqiladi;
- konstruksion materiallar, xomaki va butlovchi qismlar tanlovi qayta ko‘rib chiqiladi;
- patent formulyari tuziladi, zaruriy hollarda patent uchun so‘rovnomalar rasmiylashtiriladi;
- zaruriy hollarda, yangi jarayonlar va jihozlarni yaratish paytida, jihozning maketi va tajribaviy namunasi tayyorlanadi; jarayonning optimal ishchi parametrlari va rejimlarini aniqlash maqsadida ularda sinovlar o‘tkaziladi. Sinov natijalari sanoat qurilmasining tajribaviy namunasini yaratish jarayonlarida qo‘llaniladi;
- jihoz konstruksiyasining texnik darajasi va sifati kartasi tuziladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ishlar hajmi bajarilgach, texnik loyiha tegishli tartibda (texnik taklif va jihoz loyihasi kabi) muxokamadan o‘tkaziladi va buyurtmachiga topshiriladi.
Shundan so‘ng, jihozni tayyorlovchi korxona belgilanadi va loyihaning ishchi xujjatlarini tayyorlashga kirishiladi (to‘rtinchi bosqich). Bu bosqichdagi konstruktorlik xujjatlari ikki yo‘nalishda
- jihozning tajribaviy sanoat namunasini tayyorlashga va uni massaviy tartibda ishlab chiqarishga mo‘ljallanib tayyorlanadi. Ushbu xujjatlar tarkibiga ekspluatatsiya va ta’mirlash xujjatlari ham kiritiladi.
Texnologik jihozning tajribaviy sanoat namunasini birlamchi sinovlari loyihalash jarayonining barcha bosqichlarida bajarilgan ishlarning to‘g‘riligini aniqlash imkonini beradi. Sinov natijalariga ko‘ra, zarurat bo‘lganda, loyihaga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Qabul qilish sinovlari paytida buyurtmachi, loyihachi, tayyorlovchi va sinov o‘tkaziladigan korxona vakillari qatnashadilar. Ushbu turdagi sinovlar ijobiy yakunlangach, texnologik jihozni massaviy tartibda tayyorlashga kirishiladi.
Texnologik jihozlarni loyihalash jarayonida davlat standartlari, tarmoq normativlari, texnik shartlar, yo‘riqnomalar va boshqa me’yoriy xujjatlardan foydalaniladi.



Download 34,13 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 34,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qurilmalar yaratish jarayonining asosiy bosqichlari

Download 34,13 Kb.