• matematik modellashtirish va sistemali tadkikot usullari
  • Ularni xalq xo‘jaligidagi ahamiyati




    Download 34,13 Kb.
    bet5/6
    Sana16.11.2023
    Hajmi34,13 Kb.
    #100055
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1- Mavzu
    Moliya bozorini tartibga solish boʻyicha jahon tajribasi, Atrof, Boshnalg’ich sinflarda imioviy sezgirlikni o’stirish, 123131, 7. Parallel plastinalar orasida nuriy issiqlik almashinuvi (1), 1- амалий, IT va IYoD, Madaminov Lazizxon Oliy Matematika, 7jOR80B51dYnRK0yTPf039d5Vp8qoTNAB9F8y09j, payment 0250403117 2.6.2022 20 30, Neftning 250-300 fraksiyasidagi maxsulotlarida alifatik uglevodorodlarni ajratib olish, Idul Fitri, cmd buyruqlari english, mustaqili talim mavzulari, ABRORBEK 2
    1.3 Ularni xalq xo‘jaligidagi ahamiyati

    Axolini turli xildagi yukori sifatli maxsulotlarga bulgan kundalik extiyojini fiziologik me’yorlar asosida kondirish xar doim eng dolzarb muammo bulib kelgan. Ushbu muammoning yechimi kup jixatdan Respublikamiz xududida joylashgan barcha sanoat korxonalarining ish faoliyatiga boglik buladi. Bu esa kishlok xujaligida yetishtiriladigan kuplab turdagi maxsulotlarni kiska vakt ichida eng tejamkor usullarda kayta ishlab, sifatli maxsulotga aylantirishni takazo etadi. Buning uchun esa zamonaviy texnologiyalar asosida ishlovchi korxona va sexlarni kurish, mavjud korxonalarni esa ilgor texnologiyalar, zamonaviy jixozlar va texnologik liniyalar bilan kayta jixozlash zarur buladi. Shuning bilan birga, sanoat chikitlarini kayta ishlash asosida yangi maxsulot turlari ishlab chikarish, kamchikit, energetik jixatdan tejamkor, inson salomatligiga va atrof-muxitga bezarar bulgan yangi texnologik jarayonlarni yaratish borasida keng kulamda ishlar kilinishi lozim.


    Keyingi yillarda kimyo sanoati intensiv rivojlanmokda. Kimyoviy texnologiya jarayonlarining mazmuni (moxiyati) xakidagi tasavvurlar kengaydi. Sanoat amaliyotida fundamental bilimlarning axamiyati kuprok tan olinmokda. Biokimyo, biofizika, fizika, issiklik va massa utkazish, fizik-kimyoviy mexanika va amaliy matematika soxalaridagi fundamental yutuklar kimyo texnologiyasi jarayonlarining kechish mexanizmlarini kimyoviy va biokimyoviy reaksiyalar bilan boglik xolda urganish va mikdoriy jixatdan kengrok tushuntirish imkonini beradi. Shu sababdan kimyo texnologiyasi jarayonlarini ishlab chikish yangi fundamental boskichga kutarilmokda.
    Ushbu muxim yunalishlarda bajariladigan keng kulamli dolzarb vazifalarni muvaffakiyatli xal etish uchun xalk xujaligi, jumladan, ozik-ovkat, kimyo va biotexnologiya sanoati korxonalari uchun yukori malakali kadrlarni tayyorlash zarur. Prinsipial yangi ilmiy goyalar va yuksak texnik yechimlar yaratishga layokatli bulgan kadrlarni tayyorlashda «Kimyo sanoati mashina va jixozlari» fani muxim axamiyatga ega.
    Sanoatning turli tarmoklarida kullaniladigan turlicha jarayonlar, ularni amalga oshirish uslublaridan katiy nazar, uz tabiatiga kura, umumiy konuniyatlar bilan tavsiflanuvchi bir turdagi fizik va fizik-kimyoviy jarayonlar turkumlaridan iborat buladi. Bu jarayonlar turli soxalarda kullaniladigan, konstruktiv tuzilishi xar xil, ammo ishlash prinsiplari bir xil bulgan mashina va kurilmalarda olib boriladi. Ishlab chikariladigan maxsulotni uziga xos xususiyati, uning sifatiga kursatilgan talablar va jarayonlarni apparaturaviy-texnologik shakllantirilish tizimi ushbu jarayonlarni boshka tarmoklarning uxshash jarayonlaridan farklash imkoniyatini beradi.
    Shunday kilib, kimyo texnologiyasining turli soxalari uchun umumiy bulgan jarayonlar va kurilmalar asosiy jarayonlar va apparatlar deb yuritiladi. Shu bilan birgalikda, turdosh sanoat korxonalarida ishlatiladigan turlicha nasoslar, kompressorlar, transportyorlar, yuklash va tushirish moslamalari esa umumkorxona jixozlari turkumiga kiradi.
    Zamonaviy ishlab chikarish jarayonlarini loyixalashda xam ushbu fanning amaliy axamiyati katta. Mavjud tadkikot uslublariga kura, uzlashtirilayotgan jarayon dastlab laboratoriya sharoitida, sungra esa kichik ulchamdagi kurilmalarda (modellarda) urganiladi. Shundan sung olingan tadkikot natijalari katta ulchamdagi sanoat kurilmalariga kuchirilishi mumkin. Kichik tizimlarda olingan tadkikot natijalaridan katta tizimlarda (sistemalarda) foydalanish konuniyatlari modellashtirish deb yuritiladi. Jarayonlarni modellashtirish nazariyasi fizik va matematik yunalishlarda amalga oshiriladi.
    Kimyo texnologiyasining nazariy va amaliy vazifalarini xal etish uchun zamonaviy xisoblash texnikasidan keng kullaniladi. Texnologik muammolarni xal etish uchun xisoblash texnikasidan foydalanish zaruriyati jarayonlarni matematik modellashtirish va sistemali tadkikot usullarining kullashni takozo etadi. Bu esa uz navbatida, jarayonlar va kurilmalar fani yutuklari asosida, kimyoviy va biotexnologik jarayonlar kibernetikasi yunalishining paydo bulishiga olib keldi.
    Shunday kilib, ushbu kurs mazmun jixatdan ozik-ovkat texnolo-giyasining nazariy asoslari bulib, uning yordamida texnologik jarayonlarni taxlil kilish, ularning optimal ishchi parametrlarini aniklash va shu asosda jarayonni amalga oshirish uchun zarur bulgan jixozlarni loyixalash imkonini beradi.

    Download 34,13 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 34,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ularni xalq xo‘jaligidagi ahamiyati

    Download 34,13 Kb.