• Kombinatsiyalangan (yoki aralash strukturali) jarayonlar
  • Gidromexanik jarayonlar
  • Issiqlik almashinish jarayonlari
  • Modda almashinish jarayonlari
  • Biotexnologik (biokimyoviy) jarayonlar
  • 1- mavzu: Kirish. Fanning qisqacha mazmuni Reja




    Download 34,13 Kb.
    bet4/6
    Sana16.11.2023
    Hajmi34,13 Kb.
    #100055
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1- Mavzu
    Moliya bozorini tartibga solish boʻyicha jahon tajribasi, Atrof, Boshnalg’ich sinflarda imioviy sezgirlikni o’stirish, 123131, 7. Parallel plastinalar orasida nuriy issiqlik almashinuvi (1), 1- амалий, IT va IYoD, Madaminov Lazizxon Oliy Matematika, 7jOR80B51dYnRK0yTPf039d5Vp8qoTNAB9F8y09j, payment 0250403117 2.6.2022 20 30, Neftning 250-300 fraksiyasidagi maxsulotlarida alifatik uglevodorodlarni ajratib olish, Idul Fitri, cmd buyruqlari english, mustaqili talim mavzulari, ABRORBEK 2
    Uzluksiz jarayonlar ochiq sistemalarda (qurilmalarda) amalga oshiriladi. Bu paytda jihozga xom-ashyoni kiritish, ishlov berish va undan mahsulotni chiqarib olish uzluksiz kechadi. Uzluksiz jarayonning barcha tarkibiy bosqichlari bir paytning o‘zida, ammo texnologik jihoz yoki uskunaning turli konstruktiv qismlarida amalga oshiriladi. Jihozdan standart talablariga mos keluvchi mahsulot chiqqunga qadar bo‘lgan davrda kechayotgan jarayonlar (operatsiyalar) davriy jarayonlarning kechishiga aynan o‘xshash bo‘ladi. Shundan so‘ng, jihozga xom-ashyoni kiritilishi, asosiy texnologik jarayonni kechishi va tayyor mahsulotning chiqishi uzluksiz bo‘ladi. Uzluksiz jarayonlarning ishchi parametrlari qiymatlarini avtomatik tarzda rostlash va boshqarish mumkin bo‘lganligi sababli mahsulot sifati kafolatlanadi.
    Kombinatsiyalangan (yoki aralash strukturali) jarayonlarni ko‘plab bosqichlari uzluksiz, ularning ayrimlari esa davriy ravishda amalga oshiriladi. Misol uchun, turli xil konserva mahsulotlari tayyorlash jarayonlarini ko‘raylik. Xom-ashyoni yuvish, unga dastlabki issiqlik ishlovi berish, idishlarga joylash, namakob quyish, qopqoqlash kabi qator jarayonlar uzluksiz ravishda (konveyerda) bajariladi. Qopqoqlangan mahsulotni yopiq avtoklavda, yuqori harorat ostida, sterillash jarayoni esa davriy usulda amalga oshiriladi.
    Ishchi parametrlar (harorat, bosim, modda konsentratsiyasi) qiymatlarini vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga ko‘ra jarayonlar turg‘un yoki noturg‘un bo‘lishi mumkin.
    Turg‘un jarayonlarning ishchi parametrlari qiymati vaqt bo‘yicha o‘zgarmaydi, ularning o‘zgarishi ishchi muhitning sistema ichidagi holatidan (qurilmaning ishchi zonasi bo‘ylab surilishidan) bog‘liq bo‘ladi. Umumiy holda, turg‘un jarayon parametrlaridan ixtiyoriy birining (P) o‘zgarishini quyidagicha ifodalash mumkin
    P = f (x,u,z), (1.1)
    bu yerda x, u va z- sistema koordinatalari.
    Noturg‘un jarayonlarning ishchi parametrlari vaqt va fazo (ishchi hajm) bo‘yicha o‘zgaruvchan qiymatlarga ega bo‘ladi, yani
    P = f (x,u,z,), (1.2)
    bu yerda - jarayon davri.
    Odatda, davriy tarzda kechadigan jarayonlar noturg‘un bo‘ladi. Uzluksiz tashkil etiladigan jarayonlar turg‘undir, chunki ixtiyoriy vaqt momentida qurilmaning har bir aniq nuqtasidagi jarayon parametrlari o‘zgarmas qiymatga ega bo‘ladi.
    Texnologik jarayonlarni ularning kinetik qonuniyatlari bo‘yicha klassifikatsiyalash prinsipi asosida quyidagi bog‘liqlik ifodalangan: «jarayon tezligi uning harakatlantiruvchi kuchiga to‘g‘ri va qarshilikka teskari mutanosibdir».
    Ushbu bog‘liqlik barcha jarayonlar uchun umumiy bo‘lgan tenglama shaklida quyidagicha yoziladi
    J = ∆x/R = k.∆X, (1.3)
    bu yerda J- jarayon tezligi (intensivligi); ∆x- jarayonni harakatga keltiruvchi kuch; R- jarayonni amalga oshirishga ko‘rsatiladigan qarshilik; k- o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, qarshilikka teskari bo‘lgan kattalik.
    Shunday qilib, oziq-ovqat texnologiyasining barcha jarayonlari, ularni harakatlantiruvchi kuch tabiatiga ko‘ra, quyidagi asosiy guruhlarga mujassamlanadi:
    - mexanik jarayonlar;
    - gidromexanik jarayonlar;
    - issiqlik almashinish jarayonlari;
    - modda almashinish jarayonlari;
    - kimyoviy jarayonlar;
    - biotexnologik (biokimyoviy, mikrobiologik) jarayonlar;
    - elektrofizik jarayonlar.
    Mexanik jarayonlar mobaynida qattiq materiallarga mexanik kuch yoki bosim kuchi tasirida ishlov beriladi, masalan, qattiq materiallarni maydalash, sochiluvchan materiallarni saralash, uzatish, aralashtirish, presslash va x. Ushbu jarayonlar tezligi qattiq jism mexanikasi qonuniyatlari bilan tavsiflanadi. Jarayonlarni harakatlantiruvchi kuch vazifasini mexanik kuch (bosim kuchi) yoki markazdan qochma kuch bajaradi.
    Gidromexanik jarayonlar turkumiga suyuqlik va gazlarni quvurlar bo‘ylab uzatish, gazlarni siqish, suyuqliklarni mexanik moslamalar yordamida aralashtirish, suspenziyalarni ajratish (cho‘ktirish, tindirish, filtrlash, sentrifugalash va b.) kabi jarayonlar kiradi. Bunday jarayonlarning tezligi mexanika va gidromexanika qonunlari bilan aniqlanadi. Suyuqlikni gidrostatik yoki gidrodinamik bosimi jarayonni harakatga keltiruvchi kuch bo‘lib hisoblanadi.
    Issiqlik almashinish jarayonlari asosida haroratlar farqi mavjud bo‘lganda issiq jismdan (muhitdan) sovuq jismga issiqlik o‘tkazish qonunlari yotadi. Ushbu jarayonlar guruhiga isitish, sovutish, bug‘latish, bug‘larni kondensatsiyalash va suniy sovuq hosil qilish kabi jarayonlarni kiritish mumkin. Issiqlik almashinish jarayonlari tezligi ishchi muhitlarning gidrodinamik rejimlariga bog‘liq bo‘ladi. Ishchi muhitlarning haroratlari o‘rtasidagi farq jarayonni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi.
    Modda almashinish jarayonlari moddalarning turlicha agregat holatlarida bir fazadan ikkinchi fazaga, ularni ajratuvchi yuza orqali, molekular va turbulent diffuziya tufayli o‘tishi bilan tavsiflanadi. Shu sababli, ushbu jarayonlar diffuzion jarayonlar deb ham yuritiladi. Absorbsiya, adsorbsiya, suyuqliklarni haydash, rektifikatsiya, ekstraksiya, eritish, kristallanish, namlash, quritish, dializ va ion almashinish kabi jarayonlar ushbu guruhga kiritiladi. Modda almashinish jarayonlari tezligi fazalarning gidrodinamik rejimlariga bog‘liq bo‘lib, massa o‘tkazish qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Jarayonni harakatlantiruvchi kuch sifatida tarqalayotgan moddaning fazalardagi konsentratsiyalari o‘rtasidagi farq qabul qilingan.
    Kimyoviy jarayonlar paytida moddalarning o‘zaro tasiri natijasida yangi kimyoviy birikmalar hosil bo‘ladi. Bu paytda issiqlik va moddalar almashinuvi ham yuz berishi mumkin.
    Kimyoviy reaksiyalar tezligi kimyoviy kinetika qonunlari bilan ifodalanadi. Sanoat miqyosida, katta hajmda o‘tkaziladigan reaksiyalar tezligi reaktordagi gidrodinamik rejimga, jarayonni harakatlantiruvchi kuch qiymati esa reagentlar konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
    Biotexnologik (biokimyoviy) jarayonlar mikroorganizmlarni biologik hayot faoliyati qonunlari asosida amalga oshiriladi. Bunday jarayonlar mobaynida, ishlab chiqariladigan mahsulot turiga ko‘ra, mikroorganizmlar hayot faoliyati aniq texnologik maqsadlarga yo‘naltiriladi. Masalan, hamirturush ishlab chiqarish, spirtli bijg‘ish kabi jarayonlar tezligi biomassaning ko‘payish tezligi bilan ifodalanadi.
    Elektrofizik jarayonlar (elektroliz, materialga infraqizil nur yoki yuqori chastotali tok yordamida ishlov berish va b.) elektr toki tasirida amalga oshiriladi. Bunday jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchi potensiallar ayirmasidir.



    Download 34,13 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 34,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1- mavzu: Kirish. Fanning qisqacha mazmuni Reja

    Download 34,13 Kb.