• Davriy jarayonlar
  • Kimyo sanoati mashina va jihozlari




    Download 34,13 Kb.
    bet3/6
    Sana16.11.2023
    Hajmi34,13 Kb.
    #100055
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1- Mavzu
    Moliya bozorini tartibga solish boʻyicha jahon tajribasi, Atrof, Boshnalg’ich sinflarda imioviy sezgirlikni o’stirish, 123131, 7. Parallel plastinalar orasida nuriy issiqlik almashinuvi (1), 1- амалий, IT va IYoD, Madaminov Lazizxon Oliy Matematika, 7jOR80B51dYnRK0yTPf039d5Vp8qoTNAB9F8y09j, payment 0250403117 2.6.2022 20 30, Neftning 250-300 fraksiyasidagi maxsulotlarida alifatik uglevodorodlarni ajratib olish, Idul Fitri, cmd buyruqlari english, mustaqili talim mavzulari, ABRORBEK 2
    1.2 Kimyo sanoati mashina va jihozlari

    Oziq-ovqat sanoati korxonalarida keng assortimentdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu holat mazkur korxonalarda amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarning turlarini son jihatidan ko‘pligi va ularni kechish tabiatiga ko‘ra xilma-xil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ushbu holat jarayonlarni o‘rganish va ularni davr talablariga mos holda mukammallashtirishni qiyinlashtiradi. Shu sababdan, bir qarashda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan jarayonlarni malum bir qonuniyatlar asosida guruhlarga (turlarga) mujassamlash (klassifikatsiyalash) zaruriyati paydo bo‘ladi. Mujassamlash tufayli guruhlarga ajratilgan jarayonlarni, ular uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlar va mavjud tahlil uslublari yordamida, o‘rganish imkoniyati yuzaga keladi.


    Ilmiy jihatdan klassifikatsiyalash shartlariga binoan barcha jarayonlarni, quyidagi uchta asosiy belgilarga ko‘ra, turkumlarga ajratish mumkin:
    - tashkil etilish uslubiga ko‘ra;
    - jarayon parametrlarining son qiymatlarini vaqt bo‘yicha o‘zgarishi bo‘yicha;
    - kinetik qonuniyatlarga asosan.
    Tashkil etilish uslubiga ko‘ra barcha texnologik jarayonlar davriy, uzluksiz va kombinatsiyalangan jarayonlar sinfiga ajratiladi.
    Davriy jarayonlar odatda bitta qurilmada amalga oshiriladi. Bunday jarayonlar turkumiga bioyokimyoviy yoki mikrobiologik jarayonlarni (achitqi o‘stirish, hamir ko‘ptirish, pivo va vino tayyorlash), bug‘ qozonida murabbo tayyorlash yoki konservalangan mahsulotlarni avtoklavda sterillash kabi jarayonlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Davriy jarayonlarning asosiy va yordamchi bosqichlari (qurilmaga retsepturaviy xom-ashyolarni yuklash, ishlov berish, tayyor mahsulotni quyib olish, qurilmani yuvish va boshqalar) aniq ketma-ketlikda, malum vaqt oralig‘ida (davrda) kechadi.
    Davriy jarayonlar mobaynida olinadigan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan texnologik jihozga xizmat ko‘rsatuvchi ishchining kasbiy malakasiga bog‘liq bo‘ladi; jarayonni boshqarish murakkab va qo‘shimcha mehnat talab etadi. Davriy jarayonni amalga oshiruvchi jihozlarning o‘lchamlari katta bo‘lishi sababli, ular ishlab chiqarish maydonining ko‘p qismini egallaydi. Shunga qaramasdan sanoat amaliyotida biokimyoviy jarayonlar, o‘z tabiatiga ko‘ra, faqat davriy rejimda amalga oshiriladi.

    Download 34,13 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 34,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyo sanoati mashina va jihozlari

    Download 34,13 Kb.