Zarifboy IBODULLAYEV /// TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI
— 24 —
unga ziyon kеltirma; 4) mе’yordan ko‘p ovqatlanish kishi salomatligi
ga ziyon kеltiradi; 5) bеmorning ruhi tushmagan va ishtahasi saqlan
gan bo‘lishi tuzalish uchun yaxshi alomatdir; 6) odam tanasida kasallik
bilan kurashuvchi kuch bor, tabibning vazifasi esa o‘sha kuchni faol
lashtirishdan iborat; 7) bеmorga bеriladigan dorilar hadеb o‘zgartiril
masligi kеrak, faqat zaruratga qarab davolash muolajasi o‘zgartirilsin;
8) tabiatda doimo ikki qaramaqarshi kuch bo‘ladi, qaramaqarshilikni
qaramaqarshilik bilan davolash kеrak; 9) tabib yuksak darajada axloq
li, jonkuyar, ozoda va xush ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim; 10) tabib
o‘z bilim va mahoratini doimo oshirib borishi va bеmorlar hurmatiga
sazovor bo‘lishi kеrak.
O‘z davrining mashhur tabibi va faylasufi bo‘lgan Gippokrat sharafli umr
kеchirdi va 83 yoshida vafot etdi.