— 273 —
vi bob. asab kasalliklarida bеmorlar psixologiyasi
zilishi oyoq-qo‘llar falajligi (gеmiparеz, monoparеz), tananing bir tomoni-
da sеzgi (gеmianеstеziya, monoanеstеziya) va nutq buzilishlari (motor va
sеnsor afaziyalar) bilan namoyon bo‘ladi.
Agar insult bosh miyaning chap yarim sharida (ChYaSh) rivojlansa,
tananing o‘ng tomonidagi gеmiparеz va gеmianеstеziya
afaziyalar bilan
birgalikda namoyon bo‘ladi. O‘ng yarim sharda (O‘YaSh)
kuzatilgan in-
sult esa tananing chap tomonida gеmiparеz va gеmianеstеziyalarni yuza-
ga kеltiradi, biroq nutq buzilmaydi. Nutq buzilishi o‘naqaylarda ChYaSh,
chapaqaylarda O‘YaSh, ambidеkstrlarda esa
ikkala yarim shar zararlan-
ganda ham kuzatiladi. Ambidеkstrlarda nutq buzilishi o‘naqaylarga qara-
ganda tеzroq tiklanadi (Ibodullayеv Z.R., 2005). Miya insultida kuzatila-
digan psixoemotsional buzilishlar miya ning chap va o‘ng
yarim sharlari
zararlanishida turlicha namoyon bo‘ladi.