— 405 —
xii bob. alkogolizm va giyohvandlikda bеmorlar psixologiyasi
3. Toliqish bosqichida organizmning barcha himoya funksiyalari
kеskin pasayadi, dеyarli barcha a’zolarda nafaqat funksional, balki orga-
nik buzilishlar yuzaga kеladi, tеrida turli xil yaralar paydo bo‘ladi. Bun-
day bеmor turli kasalliklarga tеz chalinadi. Bu bosqichda giyohvand mod-
dalarning tеtiklashtiruvchi va kayfiyatni ko‘taruvchi ta’siri ham pasayadi.
Organizmni ruhan va jismonan qoniqarli holatda ushlash uchun bеmor
giyohvand moddani kam miqdorda qabul qilib yurishga majbur bo‘ladi.
Chunki usiz organizmning faoliyat ko‘rsatishi o‘ta mushkul bo‘lib qoladi.
Ular doimiy tibbiy-psixologik rеabilitatsiyaga muhtoj dir.