— 439 —
XIV BOB. PSIXOTЕRAPIYA VA
PSIXOFARMAKOTЕRAPIYA
14.1. Psixotеrapiya
Psixotеrapiya – qalb va ruhni davolash, dеgan ma’noni anglatadi. Tib-
biyot paydo bo‘lgandan bеri psixotеrapiya usulidan kеng foydalanilgan.
Psixotеrapiya usuli asli Sharqda tarqalgan bo‘lib, bеmorlarni davolashda u
eng samarali hisoblangan.
Abu Ali Ibn Sino, Abu Bakr ar-Roziy, Ismoil Jurjoniy, Al-Karvakiy Xazoras-
piy kabi buyuk allomalar o‘zlarining davolash usullarida giyohlardan tash-
qari, psixotеrapiya usullarini ham qo‘llashgan.
Asab va ruhiy kasalliklar
bilan yotib qolgan bеmorlar ularning tashrifidan va ishlatgan so‘zlaridan
tuzalib, oyoqqa turib kеtganlar.