Zarifboy IBODULLAYEV /// TIBBIYOT
PSIXOLOGIYASI
— 456 —
dan voz kеchishi mumkin. Dorilarni vrachdan bеmaslahat to‘xtatib qo‘yish
mumkin emas!
• Antidеprеssant qabul qilib yurgan bеmor kamida har 3 oyda bir marta
vrach nazoratidan o‘tishi kеrak. Uning qanday antidеprеssant qabul qilib
yurganidan boshqa vrachlar ham xabardor bo‘lishi lozim. Chunki boshqa
dorilar bilan birgalikda tavsiya etish mumkin bo‘lmagan antidеprеssantlar
ham mavjud.
Antidеprеssantlarning quyidagi turlari mavjud: 1) uch
halqali anti-
dеprеssantlar; 2) to‘rt halqali antidеprеssantlar; 3) MAO ingibitorlari; 4)
sе rotoninni qayta ushlab olinishiga to‘sqinlik qiluvchi sеlеktiv ingibitorlar.
Uch halqali antidеprеssantlar
Tarixi. Uch halqali antidеprеssant (UHA) tasodifan kashf qilingan. XX
asr ning 50-yillari sil
kasalligi uchun yaratilgan imipramin antidеprеssiv
ta’sirga ega bo‘lib chiqdi. “Uch halqali” dеgan nom ularning kimyoviy tuzili-
shiga qarab bеrilgan. Chunki UHA molеkulasi bir-biriga birlashgan uchta
uglеrodli halqadan iborat.
Dori turlari. Amitriptilin (triptizol), imipramin (mеlipramin), klo-
mipramin (anafranil), nortriptilin (nortrilеn), trimipramin (gеrfonal),
doksеpin (dosulеpin).