• Halqali yigirish mashinalarini avtomatik ta’minlash
  • Reja: Halqali yigirish mashinalarini avtomatik ta‟minlash




    Download 472 Kb.
    bet1/2
    Sana03.05.2023
    Hajmi472 Kb.
    #56154
      1   2
    Bog'liq
    1524043215 71246
    Ideas for IELTS topics, КУРС ИШИ -18 Chizmachilik, 5-sinf-informatika-testlar-2, 5-mavzu, Jobası, Raqamli signalni qayta ishlash signallarning diskret tasvirlari bilan ishlaydi, Протокол23, 2 Неверно Баллов 0,00 из 1,00 Отметить вопрос Текст вопроса Ilg, 1-lob, Документ Microsoft Word, O‘RQ-788 08.08.2022, JASURRRRRRRRRRRRRRRRRRRRRR, Opinion, Untitled

    Halqali yigirish jarayonlarini amalga oshirishdagi takomillashuvlar
    Reja:
    1. Halqali yigirish mashinalarini avtomatik ta‟minlash
    2.Halqali yigirish mashinalarida o’rash jarayoni yangiliklari
    3. Halqali yigirish mashinasida s’yom yangiliklari

    Halqali yigirish mashinalarini avtomatik ta’minlash


    Halqali yigirish mashinalari pilik bilan ta‟minlanadi. Piligi tugagan g’altaklar to’lalariga almashtiriladi. Odatda almashtirish ishchilar tomonidan qo’lda bajariladi. Mazkur jarayon ham ma‟lum vaqt talab etganligi uchun mashinaning foydali vaqt koeffitsienti pasayishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun konstruktorlar piliklash mashinasidan transportirovkalangan Rieter firmasi SERVOtrail pilikli g’altaklarni tashish moslanuvchan qurilmasini ishlab chiqishgan. SERVOtrail transportyori halqali yigirish mashinalari tarkibiga kiritilgan va ishlatib bo’lingan pilikdan bo’shagan g’altaklarni pilikga to’la g’altaklarga almashtiruvchi maxsus qurilma bilan birga ishlaydi. SERVOtrail keltirgan pilikga to’la g’altaklarni yigirish mashinasi tranportyoriga maxsus qurilmaga uzatadi. Yigirish mashinasida ishlayotgan operator boshqaruv panelida kompyuter dasturi orqali bo’sh g’altaklarni to’la g’altaklarga almashtiradi. Bo’sh g’altaklar hozirgina to’la g’altaklarni keltirgan konveyerga o’tkaziladi. Shunday qilib, halqali yigirish mashinalarini pilikli g’altaklar bilan ta‟minlash to’la avtomatlashtirilgan tizim yaratilgan va u opsiya qism hisoblanadi, ya‟ni buyurma asosida taqdim etiladi.
    Halqali yigirish mashinalarida o‘rash jarayoni yangiliklari
    Yigirish mashinasida o‘rash jarayonining maqsadi olingan ipni keyingi jarayonlarda qayta ishlashga qulay shaklda qadoqlashdir. O’rash jarayonida energiya tejamkorligiga e‟tibor berilib, naychaning turli qismida ip har xil tezlikda o’raladi. Naychaning turli qismlari(uyasi, tanasi va uchi)da ipning o’ralishi sxemasi 1-rasmda ko’rsatilgan.

    1-rasm. Halqali yigirish mashinasida naychaga ip o’ralishi sxemasi
    Sariq rangda ip o’rami boshlanishi, qizil rangda naycha uyasida o’ram shakllanishi, yashil rang qismi naycha tanasi o’ralishi, ko’k rangda o’ram uchi, kulrang qismi naycha uchi shakllanishi va unga mos ravishda urchuq tezligining o’zgarishi ko’rsatilgan.
    Urchuq tezligi bevosita mashina unumdorligiga ta‟sir ko’rsatib, ip tarangligi kamayishi bilan tezlik ko’tariladi. Ta‟minlashda biror muammo paydo bo’lsa, mashina kompyuter boshqaruvi orqali to’xtatiladi. O’rash parametrlari, ya‟ni naycha balandligi, halqa diametri o’zgarishi ham nazarda tutilgan. Odatda ingichka ip mayda naychalarda, yo’g’onroq ip yirikroq naychalarda, kattaroq halqalarda o’raladi. SHunga mos ravishda ip o’ramlari barqarorligini saqlab, Marsoli firmasi 1:38 konusli naycha o’rniga 1:64 konusli naychada ip o’rashni taklif etib, o’ramdagi ip massasini 10% va undan ko’p bo’lishiga erishgan (2-rasm a). Naychaning balandligi 180mm dan 260 mm gacha o’zgarishiga qaramay pishitish uchburchagi balandligi o’zgarmasligini ta‟minlovchi mashina parametrlari qo’yilganligini ta‟kidlash lozim. Mazkur echim natijasida ip shakllanishida uning strukturasi va xossalari o’zgarishining oldi olingan, ya‟ni strukturaviy notekislik manbai yo’qotilgan (2-rasm b).

    a b
    2-rasm. Kam konusli ipga to’la naychalar a) va pishitish uchburchagi
    o’zgarmasligi sxemasi b)
    Halqali yigirish mashinasida pishitish va o’rash jarayonlari bir-biriga bog’liq holda amalga oshishi tufayli urchuqning aylanishida bir vaqtning o’zida ham pishitish, ham o’rash sodir bo’ladi. Shuning uchun konstruktorlar urchuqlarning aylanishlaridagi farqni kamaytirish maqsadida harakatga keltirish tizimini takomillashtirgan. Urchuqlar tangensial tasma yordamida harakatga keltirilib, tasmaning tarangligi har to’rtta urchuqda ikkita shkivda tortilib bir xilligi ta‟minlanadi (3-rasm).

    a b
    3-rasm. Urchuqlarni tangensial harakatga keltirish a) va tangensial tasma tarangligini rostlash shkivlari b)
    Natijada urchuqlarning aylanishi o’zgarmas bo’lib, yigirilayotgan ipning xossa ko’rsatkichlari bo’yicha notekisligi kamayadi va sifat kategoriyasi oshishiga erishiladi. Buramlar bo’yicha variatsiya koeffitsienti 1% dan kam bo’lib, olinadigan ipning uzish kuchi bo’yicha variatsiya koeffitsienti ham tegishlicha kamayadi.
    Halqali plankaga qo’shimcha yuk osilmaganligi tufayli har xil teranishlar sodir bo’lmaydi va chang hamda iflosliklar to’planmaydi.
    Ip uchi urchuqga o’ralib tiqilmasligi (4-rasm.a) uchun maxsus pichoqda kesiladi va maydalanadi va puflab tozalanadi (4-rasm. b) yoki maxsus qurilmada so’rib olinadi((4-rasm. c).


    a) b)


    c)

    4-rasm. Ip uchi o’ralishi a), kesib tozalangan b), so’rg’ichda tozalash c).
    Ip o’rash jarayoning xususiyati va yangiligi shundaki, o’ramning uyasi sferik ko’rinishga ega bo’lmaydi,lekin keyingi jarayonlarda uya qismi echib olinganda chuvalanib chigallanmaydi. Buning boisi shundaki ip uyada maxsus qoida bilan o’raladi. Halqali planka blokchaga o’ralgan ip uchini bo’sh naychaning past chekka qismidan 10 mm tashlab, 40 mm masofada katta qadamda 5-10 ta o’ram o’rab, boshlang’ich nuqtaga qaytadi. Ip o’ramining uchi, shunday qilib, birinchi o’ramda 40mm masofada qolganligi uchun chuvalanmaydi va chiqindiga ajralmaydi(5-rasm).

    5-rasm.Bo’sh naychaga ip o’rash sxemasi
    (oq chiziq ip uchlari, qora chiziq o’ramdagi ip)

    a b
    6-rasm. Ip uchining birinchi o’ram tagida qolishi va naycha to’lishi sxemasi a), to’lgan naycha ipi uchining mahkamlanishi b) 1-o’ram konusi, 2-to’lgan naycha,
    3-ipning oxirgi uchi, 4-naycha uyasi, 5-ip o’ramli blokcha
    Plankaning bir ko’tarilib tushishi natijasida ipning ikki qavat o’rami shakllanadi (6-rasm a). Ipgichka iplarda qatlam va ora qatlam qilib, qadamlari kattaligi bilan farqlanuvchi o’ramlar bilan ip o’raladi. Yo’g’on iplarda ora qatlamsiz ip o’raladi, chunki uning chuvalanib chiqishida o’ramlar chirmashishlari bo’lmaydi. Ip o’ramining oxirgi uchi va cho’zish asbobidan chiqib naychaga o’ralgan ikkala uchlari urchuq blokining tishli gardishiga o’raladi. To’lgan naycha avtos‟yomnik yordamida chiqarib olinganda naycha ipining uchi uziladi, cho’zish asbobi bilan bog’langan uchi esa urchuq bloki tishlarida ushlanib qolganligi tufayli o’rnatilgan bo’sh naychalarga qiyinchiliksiz o’rala boshlaydi. O’rashning yangiliklari asosan shulardan iborat.

    Download 472 Kb.
      1   2




    Download 472 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Halqali yigirish mashinalarini avtomatik ta‟minlash

    Download 472 Kb.