• 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
  • 3-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
  • Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi




    Download 45.52 Kb.
    bet1/27
    Sana12.08.2023
    Hajmi45.52 Kb.
    #78428
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    O‘RQ-788 08.08.2022
    Ideas for IELTS topics, КУРС ИШИ -18 Chizmachilik, 5-sinf-informatika-testlar-2, 5-mavzu, Jobası, Raqamli signalni qayta ishlash signallarning diskret tasvirlari bilan ishlaydi, Протокол23, 2 Неверно Баллов 0,00 из 1,00 Отметить вопрос Текст вопроса Ilg, 1-lob, 1524043215 71246, Документ Microsoft Word, JASURRRRRRRRRRRRRRRRRRRRRR, Opinion, Untitled

    
    [OKOZ:
    1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
    2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
    3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
    [TSZ:
    1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
    2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
    O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
    Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida
    Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 2-martda qabul qilingan
    Senat tomonidan 2022-yil 28-mayda ma’qullangan
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
    Ushbu Qonunning maqsadi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    2-modda. Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik
    Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
    Davlat fuqarolik xizmatchilarining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan mehnatga oid munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
    3-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
    Ushbu Qonunning amal qilishi Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.
    Ushbu Qonunning amal qilishi:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senati a’zolarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda boshqa mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devonlari xodimlarining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarining, sudyalarning va sud tizimi xodimlarining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi a’zolarining, prokuratura, ichki ishlar, mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati organlarida xizmatni o‘tayotgan davlat xizmatchilarining, shu jumladan harbiy xizmatchilarning;
    davlat organlarining texnik, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xodimlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
    Ushbu Qonunning 24 va 43-moddalari diplomatiya xizmati xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
    Ushbu Qonunning 43-moddasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

    Download 45.52 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 45.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi

    Download 45.52 Kb.