• Farmakologik ta’siri
  • Ko’rsatmalar
  • 1-18 cambria 0112. indd




    Download 12,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet360/372
    Sana04.02.2024
    Hajmi12,96 Mb.
    #151302
    1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   372
    Bog'liq
    Z- Ibodullayev Tibbiyot psixologiyasi

    3. Piritinol (ensеfabol) – sеrеbral mеtabolizmni yaxshilovchi 
    psixotrop xususiyatga ega nootrop dori. Ko‘rsatmalar: oligofrеniya, 
    dеmеnsiya, turli etiologiyali xotira va diqqat buzilishlari, nеvrastеni-
    ya, psixastеniya. Tavsiya etilishi: chaqaloqlarga kuniga 1 ml suspеn-
    ziya bir oy davomida ertalab ichiriladi; 2-3 oydan oshgan bolalarga 
    2,5-5 ml (1/2 va 1 choy qoshiq; 6 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bola-
    larga 1/2-1 choy qoshiq suspеnziyadan kuniga 1-3 mahal (50 – 300 
    mg piri tinol). Shunday qilib, yosh oshgan sayin dorining dozasi ham 
    oshirib boriladi. Kattalarga 2 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal (600 
    mg piritinol) ichishga bеriladi. Dori ovqat paytida yoki ovqatdan kе-
    yin ichiladi. Davolash davomiyligi kasallik darajasiga bog‘liq bo‘lib, 
    2-4 oyni tashkil qiladi. Oradan 3-4 oy o‘tib, bеmorning holatiga ko‘ra 
    dorini yana tavsiya etish mumkin. Pеrinatal ensеfalopatiyada davo-
    lash davomiyligi 6 oygacha. Nojo‘ya ta’sirlari: psixomotor qo‘zg‘alish-
    lar, uyqu qochishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, jahldorlik. Monеlik 
    qiluvchi holatlar: epilеpsiya, psixomotor qo‘zg‘alishlar. Ishlab chiqa-
    rilishi: hajmi 200 ml li flakon.


    — 481 —
    xiv bob. psixotеrapiya va psixofarmakotеrapiya
    Glitsevit. Sedativ xususiyatga ega metabolik. Uning tarkibida GAYoK 
    (gamma-amin-yog‘ kislotasi), glitsin, glutamin kislotasi, piridoksin va fo-
    lat kislotasi bor. Glitsevitning bunday tarkibi uning sedativ va metabolik 
    ta’sirini ta’minlab beradi.
    Farmakologik ta’siri: GAYoK nerv sistemasini tormozlovchi asosiy 
    neyromediator bo’lib, organizmga stress ta’sirini kamaytiradi, psixo-
    emotsional va kognitiv funksiyalarni yaxshilaydi. Glitsin tormozlov-
    chi neyromediator bo’lib, bir qator oqsillar va biologik faol birikmalar 
    tarkibiga kiradi, bosh miyada metabolizmni yaxshilaydi, psixoemotsion-
    al qo’zqalishlarni pasaytiradi, sedativ ta’sirga ega, uyquni maromlashti-
    radi, kognitiv funksiyalarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, o’rganib qolish ni ch-
    aqirmaydi. 
    Glutamin kislotasi bosh miyaning barcha integrativ jarayonlarida 
    ishtirok etuvchi eng muhim aminokislota, glutamatergik sinapslar orqali 
    ta’sir ko’rsatib, diqqat, xotira va boshqa mnestik jarayonlarni ta’minlashda 
    bevosita ishtirok etadi, neyronlarda kalsiy kanallarini ochadi, neyronal bi-
    oximizmga ta’sir qilib epileptik qo’zqalishlarni sustlashtiradi. Glutamin kis-
    lotasi epilepsiya, somatogen, involyutsion, intoksikatsion psixozlar, reak-
    tiv holatlar, depressiya, aqliy rivojlanishdan orqada qolish, muskullarning 
    zo’rayib boruvchi distrofiyasida keng qo’llaniladi.
    Piridoksin markaziy va periferik nerv sistemasining barcha metabo-
    lik jarayonlarida ishtirok etadi, epilepsiya va epileptik sindromlar, par-
    kinsonzim, bolalar va kattalarda kuzatiladigan mnestik-intellek tual 
    buzi lishlar, reaktiv holatlar, nevroz va vegetonevrozlarni davolashda 
    o’ta muhim vitamin hisoblanadi. Folat kislotasi organizm, shu jum-
    ladan, nerv sistemasi uchun zarur bo’lgan barcha metabolik jarayonlar-
    da ishtirok etadi. 
    Ko’rsatmalar: Diqqat va xotira buzilishlari bilan namoyon bo’luvchi 
    nevrasteniya, psixasteniya, ensefalopatiyalar, epilepsiyada kognitiv va 
    psixoemotsional buzilishlar, bezovta oyoqlar sindromi, polineyropatiyalar, 
    miopatiyalar, o’smirlarda xulq-atvor buzilishlari, surunkali charchash sind-
    romi.

    Download 12,96 Mb.
    1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   372




    Download 12,96 Mb.
    Pdf ko'rish