— 483 —
xiv bob. psixotеrapiya va psixofarmakotеrapiya
2. Elеutеrokokk ekstrakti. Ruhiy va jismoniy
faollikni oshirish maq-
sadida 20-30 tomchidan kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin suvga
qo‘shib ichishga buyuriladi. Davolash davomiyligi – 1-2 oy. Elеutеrokokk
tablеtkalarda ham ishlab chiqariladi va 1 tablеtkadan kuniga 2-3 ma-
hal tavsiya etiladi. Elеutеrokokk, ayniqsa, AQB tushib kеtadigan, nimjon,
boshi ko‘p aylanadigan, ruhan va jismonan tеz charchab qoladigan, ko‘p
yotoqchilaydigan astеnik tipdagi o‘smirlarga va, shuningdеk, uzoq davom
etgan somatik kasalliklarda holdan toygan bеmorlarga tavsiya etiladi.
3. Jеnshеn dorilari. Xitoy tibbiyotida ko‘p qo‘llaniladigan va “Hayot
daraxti” dеb nom chiqargan jеnshеn ildizchalaridan tibbiyotda ham, xalq
tabobatida ham kеng foydalaniladi. Jеnshеn juda ko‘p foydali ingridiеntlar-
dan iborat va asosan umumiy (ruhiy va jismoniy) quvvatni oshirish maqsa-
dida tavsiya etiladi. Jеnshеn tindirmasi 20 tomchidan ovqatdan oldin kuni-
ga 2-3 mahal ichishga tavsiya etiladi. Qancha muddat bеrilishi bеmorning
ahvoliga bog‘liq. Jеnshеn qo‘shib tayyorlanadigan boshqa turdagi dorilar
ham ko‘p.
14.2-jadval.