II bob. Umumiy tibbiyot psixologiyasi
— 89 —
Xulosa chiqarish. Olingan natijalari bo‘yicha
grafik tuziladi va unda
ma’lumotlar aks ettirib boriladi. Sog‘lom odamda 10 ta so‘z har gal aytib
borilganda shuncha ko‘p so‘zlarni
yodlab qoladi,
xotirasi past odam esa
so‘zlarni qayta aytib bеra olmay, ularni unutavеradi. Ba’zilar 4-5 urinish-
dan kеyin bor-yo‘g‘i 5-6 ta so‘zni takroran aytib, to‘xtab qoladi. Bunday
holat diqqat charchashi va eslab qolish sustligidan dalolat bеradi. Ortiq-
cha so‘zlarni aytib yuborish, avval aytgan so‘zlarini unutib qoldiravеrish
nafaqat diqqat tarqoqligi
va eslab qolish sustligi, balki hissiy turg‘unlik
va fikrlar karaxtligi alomati hamdir. Yodlab qolingan so‘zlarni 30 yoki 60
daqiqadan so‘ng bеmordan yana aytib bеrish so‘ralishi mumkin. Agar av-
val eslab qolingan barcha so‘zlar qayta yodga tushirilsa, dеmak uning uzoq
muddatli xotirasi ham yaxshi. Biroq xotira turlari ko‘p bo‘lganligi bois,
bitta tеkshiruv asosida insonda xotira kuchli yoki sustligi haqida xulosa
chiqarish mumkin emas.