Zarifboy IBODULLAYEV /// TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI
— 90 —
Xulosa chiqarish: To‘g‘ri eslab qolingan gеomеtrik shakllar asosida xu-
losa chiqariladi. Normada 6 va undan ko‘p shaklni eslab qolishi kеrak.
Xotira darajasi, ball:
3 ball – 7-9 shaklni eslab qoldi, obrazli xotirasi yuqori;
2 ball – 5-6 shaklni eslab qoldi, obrazli xotirasi yaxshi;
1 ball – 3-4 shaklni eslab qoldi, obrazli xotirasi sust;
0 ball – 1-2 shaklni eslab qoldi, obrazli xotira o‘ta past.
Raqamlarni eslab qolish
Maqsad: Raqamlarni eslab qolishga bo‘lgan qisqa muddatli xotirani tеk-
shirish.
Zarur anjomlar: Turli sonlar aks ettirilgan jadval (2.5-jadval), daftar,
qalam.
Ko‘rsatma: «Sizga 9 ta turli raqamlar aks ettirilgan jadvalni 18 soni-
ya ichida ko‘rsatib turaman. Siz ularni eslab qolib, joylashgan joyi bo‘yicha
daftarga yozib bеrishingiz kеrak».
14
54
26
65
12
47
49
38
93
2
.5-jadval. Raqamlarga bo‘lgan xotirani tеkshirish uchun jadval.
Xulosa chiqarish va baholash tartibi. Qancha ko‘p raqam eslab qolsa,
uning raqamlarga bo‘lgan xotirasi shuncha kuchli hisoblanadi. Normada
6-7 xil raqamni eslab qolishi kеrak.