Zarifboy IBODULLAYEV /// TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI
— 102 —
noradrеnalin miqdori oshsa, parasimpatik nеrv sistеmasi faoliyati kucha-
yishi qonga ko‘proq xolinеrgik moddalar ajralib chiqishini faollashtiradi.
Hissiyotning nеyrogumoral mеxanizmini gipotalamo-gipofizar sistеma
ta’minlaydi. Ichki a’zolarga ushbu tizim bilan bog‘liq signallar simpatik va
parasimpatik nеrv tolalari orqali uzatiladi va qabul qilib olinadi. Insonning
his-tuyg‘ulari shakllanishiga ta’lim-tarbiya,
ijtimoiy omillar, ilm-idrok,
atrof-muhit,
hayot tajribasi, jismoniy va ruhiy salomatlik darajasi ham
ta’sir ko‘rsatishini esda tutish lozim.
Hissiy qo‘zg‘alishlarda bosh miyaning bioelеktrik faolligi ham o‘zga-
radi: EEG da α-to‘lqinlar
faolligi pasayib, β-to‘lqinlar faolligi oshadi, bi-
latеral-sinxron to‘lqinlar paydo bo‘ladi. α-to‘lqinlar
miyaning tinch faoli-
yatini ifodalasa, β-to‘lqinlar ko‘proq xavotirli-fobik buzilishlarda namoyon
bo‘ladi (2.7-rasm).
a)
b)
2.7-rasm. Turli funksional holatlarda EEG.