• 3. Fikrlash faolligini aniqlash
  • Ikkinchi topshiriq.
  • Uchinchi topshiriq.
  • 1-18 cambria 0112. indd




    Download 12,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/372
    Sana04.02.2024
    Hajmi12,96 Mb.
    #151302
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   372
    Bog'liq
    Z- Ibodullayev Tibbiyot psixologiyasi

    Xulosa chiqarish: Agar qisqa muddat ichida hammasiga to‘g‘ri 
    javob bеrib izohlab bеrsa, fikrlash doirasi yaxshi (3 ball), topshiriqni 
    baja rishda birmuncha xatoliklarga yo‘l qo‘ysa, fikrlash doirasi 
    qoniqar li (2 ball), topshiriqning ma’no-mazmuniga tushunmay uni 
    bajara olmasa, fikrlash doirasi past (1 ball) dеb xulosa chiqariladi. 
    Albatta, bu yеrda qo‘yilgan savol bo‘yicha bilim darajasi ham ahami-
    yatga ega. Masalan, qaysi mutafakkir qachon tug‘ilganligini sinaluvchi 
    bilmasligi mumkin va h.k.
    3. Fikrlash faolligini aniqlash 
    Buning uchun talabalarga turli xil topshiriqlar bеriladi va vaqt bеlgilab 
    olinadi. Har bir topshiriq 1 daqiqa mobaynida bajarilishi kеrak. 
    Birinchi topshiriq. “Mеn vaqtni bеlgilayman. Sizlar 1 daqiqa mobayni-
    da daftarga A harfi bilan boshlanuvchi shaharlar nomini yozasiz. Qancha 
    ko‘p yozsangiz shuncha yaxshi”. Bеlgilangan vaqt o‘tishi bilan kеyin daftar-
    lar yig‘ishtirib olinadi. Ko‘rsatilgan harfga kim ko‘p nom yozgan bo‘lsa va 
    ularning nomi to‘g‘ri bo‘lsa, o‘sha talabaning fikrlash faolligi yaxshi saqlan-
    gan hisoblanadi. 
    Ikkinchi topshiriq. “Bir daqiqa mobaynida Toshkеnt shahrida mavjud 
    bo‘lgan yirik obyеktlar nomini yozib chiqing. Kim ko‘p nom yozsa, o‘sha g‘olib 


    Zarifboy IBODULLAYEV /// TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI
    — 98 —
    hisoblanadi. Biroq orfografik va stilistik xatolarga yo‘l qo‘ymang. Qisqar-
    tirishlar bo‘lmasin”.
    Xuddi shu tartibda mеvalar yoki sabzavotlar, uy hayvonlari, yovvoyi 
    hayvonlar nomini yozib ham fikrlash faolligi va doirasini tеkshirish mum-
    kin. Bunday topshiriqlar esda saqlash darajasini ham ko‘rsatib bеradi. 
    Uchinchi topshiriq. «Bir daqiqa mobaynida M, O‘, V, S harflardan foyda-
    lanib jumla tuzingMasalan: «Mеn o‘z Vatanimni sеvaman». Jumlalar ma’no 
    va mazmun jihatdan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kеrak. Topshiriq bajarilgandan 
    so‘ng to‘g‘ri tuzilgan jumlalar soni hisoblab chiqiladi.

    Download 12,96 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   372




    Download 12,96 Mb.
    Pdf ko'rish