WiMAX (IEEE 802.16) texnologiyasi




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana18.05.2024
Hajmi0,79 Mb.
#243161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. 2-ma’ruza. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari.

WiMAX (IEEE 802.16) texnologiyasi.
Worldwide Interoperability for
Microware Acces
(WiMAX, inglizchadan, O„YuCh diapazonida ulanish
bo„yicha butun dunyo hamkorligi) - bu IEEE instituti (802.16 guruhi)
tomonidan standartlashtirilgan katta masofalarda “so„nggi milya” muammosini 
alternativ yechimi sifatida qayd qilingan simli liniyalar va kabel 
texnologiyalarini to„ldiruvchi keng polosali simsiz ulanish texnologiyasidir.
WiMAX texnologiyasidan shahar miqyosida keng polosali ulanish tarmoqlarini
(ingl. Metropolitan Area Networks, MAN) yaratish, simsiz ulanish nuqtalarini 
tashkil qilish (“nuqta - ko„p nuqta” rejimi), bir-biridan olis ob‟ektlar orasida
yuqori sifatli aloqa tashkil etish (“nuqta - nuqta” rejimi) va shunga o„xshash 
masalalarni yechish uchun foydalanish mumkin. 
Umuman olganda, IEEE 802.16 standartining bazaviy xarakteristikalari 50
kilometrgacha bo„lgan ta‟sirning uzoqligi darajasini, to„g„ri ko„rinish zonasidan 
tashqarida ishlash imkoniyatini, BS ning bir sektorida (jami BS 6 tagacha
sektorga ega bo„lishi mumkin) ma‟lumot almashuv tezligini maksimal (pik)
holatda 70Mbit/sek. gacha ko„tarilishini ko„zda tutadi. WiMAX tarmoqlarining
jihozlari 2 - 11GGs diapazonida 10-20MGs kenglikdagi bir necha kanallarda
ishlashi mumkin. Chastota diapazonlarning bunchalik keng tanlanishi dunyoning
ko„plab mamlakatlari spetsifikatsiya(tavsifnoma)larini hisobga olish uchun 
qilingan. 
Shunday qilib, WiMAX ma‟lumot uzatish tezligi bo„yicha simli tarmoqlar
bilan taqqoslana oladigan va unumdorlik hamda qoplash bo„yicha zamonaviy
Wi-Fi tarmoqlaridan yuqoriroq bo„lgan Internetga tezkor ulanish uchun
yaratilgan texnologiya hisoblanadi. O„z navbatida, aynan Wi-Fi lokal tarmoqlari
yoki foydalanuvchilarning turli tijorat va maishiy simli tarmoqlari WiMAX 
“magistral tarmoqlari”ning davomi bo„lib xizmat qilishi mumkin. Ideal holatda,
WiMAX, soha standartlariga asoslangan bo„lib, shaharlar va qishloqlarda uy


33 
foydalanuvchilari, korxonalar va mobil simsiz tarmoqlar uchun yuqori tezlikdagi,
shu bilan birga, nisbatan qimmat bo„lmagan aloqani tashkil etish uchun ishlab
chiqilgan texnologiya hisoblanadi [4]. 

Download 0,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish