|
1-2-mavzu: pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish
|
bet | 1/3 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 30,08 Kb. | | #248648 |
Bog'liq 1-2-mavzu
1-2-MAVZU: PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNI LOYIHALASHTIRISH
Reja:
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish metodikasi
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish bosqichlari
Pedagogik dasturiy vositalar va ularga qoʻyiladigan talablar
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida oʻquv jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun moʻljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular taʻlim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning oʻqitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: oʻquv fani boʻyicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik taʻminot, qoʻshimcha va yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;
test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi;
mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish bir nechta bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqichda pedagogik loyihalashtirish amalga oshiriladi. Bunda maqsad, pedagogik vazifalar aniqlashtiriladi, didaktik imkoniyatlardan kelib chiqib oʻqitishning mazmuni va tuzilmasi tahlil qilinadi.
Ikkinchi bosqichda metodik loyihalashtirish bajariladi. Mazkur bosqichda ilmiy nazariy maʻlumotlarni oʻquv materiallariga aylantirish, oʻquv matnlari, illyustratsiyalar, grafik maʻlumotlar shakllantiriladi. Oʻqitishning maqsadi, metodi va vazifalariga mos oʻquv materiallarining shakllari ishlab chiqiladi, elektron oʻquv materiallaridan lokal, tarmoq, masofaviy taʻlim kabi foydalanish sohalari aniqlashtiriladi.
|
| |