|
1-2-mavzu: pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish
|
bet | 2/3 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 30,08 Kb. | | #248648 |
Bog'liq 1-2-mavzuUchinchi bosqichda pedagogik dasturiy vositalarni shakllantirish uchun zarur dasturiy vositalar yaratiladi yoki tanlanadi. Bunda foydalanuvchi va kompyuter oʻrtasidagi muloqot metodlari, dasturiy vosita qobigʻi va muhiti qiyosiy tahlil qilinadi.
Toʻrtinchi bosqichda pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga pedagogik texnologiyalar elementlari kiritiladi. Oʻquv jarayonida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikalari loyihalashtiriladi. Foydalanuvchi va kompyuter oʻrtasidagi muloqot ssenariysi yaratiladi, teskari aloqa, bilimlar diagnostikasi, oʻqitish natijalarini taqdim etish shakllari ishlab chiqiladi.
Beshinchi bosqichda berilgan pedagogik xossalarga ega pedagogik dasturiy vositalar ishlab chiqiladi. Makur jarayonda pedagogik dasturiy vositalarning boshqaruv elementlari yaratiladi, fan boʻyicha maʻlumotlar bazasi shakllantiriladi.
Oltinchi bosqichda yaratilgan pedagogik dasturiy vositalar oʻquv jarayoniga tatbiq etiladi, ularning dasturiy va metodik tarkibiy qismlariga zarur oʻzgartirish va tuzatishlar kiritiladi. Pedagogik dasturiy vositalarning joriy etilishi natijalari tahlil qilinadi, pedagogik imkoniyatlari aniqlashtiriladi.
Barcha pedagogik dasturiy vositalarni ikki guruhga ajratish mumkin: anʻanaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlovchi vositalar; “Oʻqituvchi-kompyuter-oʻquvchi” uch elementli pedagogik tizim texnologiyalari. Birinchi guruh pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan tizim talablari pedagogning samarali oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq vazifalaridan kelib chiqadi.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning anʻanaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratiladi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi:
ilmiylik;
tushunarli, qatʻiy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, oʻquv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini taʻminlash;
uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari oʻrganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda toʻldiruvchisi hisoblanadi);
izchillik;
muammolilik;
koʻrgazmalilik;
faollashtiruvchi (oʻqitish mustaqilligi hamda faollik xususiyatining mavjudligi);
oʻqitish natijalarini oʻzlashtirish mustahkamligi;
muloqotning interfaolligi;
tarbiyalash;
rivojlantirish;
amaliyotning yaxlit birligi. Metodik talablarga quyidagilar kiradi:
aniq oʻquv fanining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
maʻlum bir fanning oʻziga xosligini hisobga olish;
axborotning zamonaviy metodlar bilan oʻzaro bogʻliqligi, oʻzaro aloqadorligi, turli-tumanligi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv), tafakkur(tushunchaviy-nazariy, koʻrgazmali-amaliy), diqqati (qatʻiyligi, boshqa narsa yoki obʻektga qaratilishi), motivatsiya (ishlashning faol shakllari, yuqori darajada koʻrgazmalilik, oʻz vaqtida qayta aloqa yordamida talabalarning yuqori darajadagi motivatsiyalarini doimiy ravishda ragʻbatlantirish), xotira, tasavvur, yosh va individual psixologik xususiyatlarni hisobga olish(egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini hisobga olib, oʻquv fani mazmuni hamda oʻquv masalalari murakkablik darajasining talabalarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, oʻquv materialini oʻzlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan taʻsirlanishdan himoyalash) kiradi.
|
| |