• Estetik
  • Texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalari, test oʻtkaziladigan manbalar kiradi. Tarmoq




    Download 30,08 Kb.
    bet3/3
    Sana21.05.2024
    Hajmi30,08 Kb.
    #248648
    1   2   3
    Bog'liq
    1-2-mavzu

    Texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalari, test oʻtkaziladigan manbalar kiradi.
    Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, Internet-navigatorlar, tarmoq operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (oʻqitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi.
    Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, oʻlchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi.
    Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yoʻnalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, koʻrgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiatsiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionallik, ishonchlilik.
    Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: doʻstonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
    Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda amal qilinishi zarur boʻlgan tamoyillar (kvantlashtirish, toʻliqligi, koʻrgazmaliligi, tarmoqlashuvi, boshqarish, moslashtirish, kompyuterli taʻminot, toʻplanuvchanligi) hisobga olinib, ularni yaratish texnologiyasini loyihalashtirish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

        1. konsepsiyasini ishlab chiqish (fan standarti va mashgʻulot oʻtkazish metodikasiga tayanuvchi pedagogik dasturiy vositalarni yaratishning asosiy gʻoyasini ishlab chiqish, uning mazmunli qismini tuzish);

        2. loyihalashtirish (ishchi namunasini, axborot bloklari va ekran shakllari andozalari toʻplamini, murojaatlar interfaolligini taʻminlovchi giperilovalar tuzilmasining tartibli sxemasini ishlab chiqish);

        3. ekran shakli va axborot bloklari dizayni (aniq oʻquv jarayoni, psixologik-pedagogik xususiyatlari, ergonomik talablari, oʻquv materiallari tuzilishi va mazmuniga mos ravishda dizayn tuzilishini qurish);

    4) ilova tuzilmasi elementlarini toʻldirish (tayyorlangan materiallarni ishlab chiqilgan andozalar va ekran shakllariga joylashtirish, ilovalar tizimini toʻldirish hamda foydalanuvchi bilan qayta aloqa tashkil qilish);

    1. test sinovlari va sozlash (har bir ilovada aloqa ishlari toʻgʻriligini va foydalanuvchi harakatiga dasturning javobini toʻgʻriligini tekshirish);

    2. oʻquv jarayoniga tatbiq etish.

    Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida oʻqitishga moʻljallangan oʻquv fanining oʻziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni koʻzda tutadi. Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak:

    1. Pedagogik dasturiy vositalar oʻquv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining oʻzaro bogʻliqligiga tayangan holda qurilishi.

    2. Pedagogik dasturiy vositalar oʻquv materialini yuqori tartibli tuzilma koʻrinishida taʻminlashi. Fanlararo mantiqiy oʻzaro bogʻliqlikning hisobga olinishi.

    3. Pedagogik dasturiy vositalarda taʻlim oluvchiga oʻquv materialini bosqichma-bosqich oʻzlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.

    Pedagogik dasturiy vositalarda oʻqitishning rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funksiyalari bajarilishi taʻlim vazifasidagi anʻanaviy nashrlarga qoʻyiladigan didaktik talablardan tashqari, pedagogik dasturiy vositalarni yaratish va joriy qilishda zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarning ustunliklaridan foydalanish kabi quyidagi oʻziga xos didaktik talablar qoʻyiladi:

    1. Moslashuvchanlik talablari – pedagogik dasturiy vositalar taʻlim oluvchi individual imkoniyatlariga, yaʻni oʻqitish jarayonida oʻquv materiallari taʻlim oluvchi bilim va koʻnikmalari hamda uning psixologik xususiyatlariga moslashtirilgan boʻlishi kerak. Pedagogik dasturiy vositalar moslashuvchanligining uchta darajasi mavjud. Birinchi daraja talabalarning P guruhlanishi koʻzda tutilmaydi va mualliflar taʻlim oluvchilarning imkon boricha barcha kontingenti uchun koʻproq variantlar ishlab chiqishi tavsiya etiladi.

    2. Oʻqitishning interfaol talablariga oʻqitish jarayonida taʻlim oluvchi bilan pedagogik dasturiy vositalarning oʻzaro hamkorligini taʻminlash kiradi. Pedagogik dasturiy vositalar interfaol muloqot va teskari aloqani taʻminlashi kerak. Muloqotni tashkil etishning muhim sharti boʻlib, foydalanuvchi harakatiga pedagogik dasturiy vositalarning reaksiyasi hisoblanadi. Nazorat teskari aloqa asosida amalga oshiriladi va keyingi bajariladigan ishlar yuzasidan tavsiyalar beradi, maʻlumotnoma va tushuntiruvchi axborotlar kirishtish amalga oshiriladi.

    3. Pedagogik dasturiy vositalarning oʻquv axborotini taqdim qilishida kompyuter vizuallashtirish imkoniyatlarini joriy qilish talablari zamonaviy elektron vositalar imkoniyatlari oʻquv axborotini namoyish qilish sifatini tahlil qilishni koʻzda tutadi.

    4. Pedagogik dasturiy vositalar bilan ishlashda taʻlim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish talablari fikrlash va murakkab vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila olish mahorati, axborotga ishlov berish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirishni koʻzda tutadi.

    5. Pedagogik dasturiy vositalar – oʻquv materialini namoyish qilishning tizimlilik va funksional bogʻliqlik talablariga javob berishi kerak.

    6. Pedagogik dasturiy vositalar – taʻlim berishning toʻliqligi va uzluksizligini taʻminlashi lozim.

    Pedagogik dasturiy vositalarni qoʻllash asosida talabalarning mustaqil taʻlim olish koʻnikma va malakalarini shakllantirishda talabalarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar koʻproq maʻlumotlarni yoritishga intilishi oʻquvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. Oʻz navbatida maʻlumotlarni uzatish tezligini oshirish esa maʻlumotlarni oʻzlashtirish sifatining pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, oʻquvchining oʻzini his qilishi va sogʻligiga salbiy taʻsir qiladi.
    Fiziologik-gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati oʻzlashtiriladigan maʻlumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda oʻzgarib borishini eʻtirof etadi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:

    • koʻrish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi;

    • yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy koʻtarinkilikning tinib qolishi;

    • yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy hissiyotlarning yigʻilib borishi;

    • katta miqdordagi taʻlimiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot resurslarini faol oʻzlashtirishga toʻsqinlik qilishi.

    Bu holat taʻlim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi.
    Pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va foydalanishga qoʻyilgan umumiy talablarni hisobga olish bilan bir qatorda, uni yaratishning muvaffaqiyatliligi va sifatiga taʻsir qiluvchi bir qator psixologik talablar ham qoʻyiladi. Quyida pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan psixologik talablar keltirilgan:

    1. Pedagogik dasturiy vositalarda oʻquv materialini namoyish qilish nafaqat verbal, balki kognitiv jarayonning sensorlik va namoyish qilish holatlariga ham mos kelishi kerak. Pedagogik dasturiy vositalar qabul qilish, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish, xotirada saqlash kabi psixologik jarayonlar xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak.

    2. Pedagogik dasturiy vositalardagi oʻquv materiali taʻlim oluvchilarning yoshini, tayanch bilimlarini inobatga olib tuzilishi kerak.

    3. Pedagogik dasturiy vositalar obrazli va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.

    Pedagogik dasturiy vositalarning tuzilmasi va mazmuni oʻquv materialini chuqur oʻrganishga moʻljallangan boʻlishi bilan bir vaqtda oʻrganilayotgan fanning oʻquv dasturiga mos kelishi kerak. Taʻlim tizimi uchun yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi umumiy talablarni ham qanoatlantirishi kerak:

    • pedagogik dasturiy vositalarning mazmuni va tarkibi taʻlim standartining talablariga mos kelishi kerak;

    • pedagogik dasturiy vositalar oʻzida muammoli va izlanish topshiriqlarining tizimi intellektual xarakterga ega boʻlishi kerak;

    • pedagogik dasturiy vositalar oʻquv faoliyatining izlash, yigʻish, saqlash, tahlil, ishlov berish kabi koʻrinishlarni avtomatlashtirishni; hisoblashlarni, loyihalash va konstruksiyalashni, tajriba, eksperimentning natijalariga ishlov berishni, nazorat topshiriqlarni, axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni koʻzda tutishi kerak;

    • pedagogik dasturiy vositalar murakkab obʻektlar ( mashina, uskuna, apparat, moslama va x.q.) ishining imitatsiyasini, turli xildagi jarayonlarni real, tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan vaqt masshtabida namoyish etish vositalarini tarkibida saqlashi kerak;

    • pedagogik dasturiy vositalari taʻlim oluvchini kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bogʻliq holda virtual muhitda tayyorlashni amalga oshirishi kerak;

    • pedagogic dasturiy vositalarda barcha amalga oshiriladigan hisoblashlar vizuallashtirishning ochiq tizimiga ega boʻlishi, oʻrganiladigan oʻzgaruvchan obʻektlar yoki jarayonlarning bogʻliqligi namoyish qilinishi lozim. Pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqishda mos ravishdagi auditoriya talabalarining intellektual darajasi, motivatsiyasi, funksional holati hamda ishchanlik darajasi eʻtiborga olinishi lozim.

    Motivatsiya tushunchasi amalga oshiriladigan faoliyatning individ uchun ahamiyat kasb etishi, unga nisbatan barqaror qiziqishni yuzaga keltirishi hamda tashqi belgilangan maqsadlarning ichki ehtiyojga aylanish jarayonini anglatadi. Demak, motivatsiyani shaxsni oʻquv jarayoniga faol kirishib ketishini taʻminlovchi ichki harakatlantiruvchi kuch sifatida eʻtirof etish mumkin. Shuni eʻtiborda tutish lozimki, shaxsning motivatsion sifatlari bilish faoliyatining asosini tashkil qilib, bu jarayonda talaba mos ravishdagi taʻlimiy maqsadlarni belgilaydi, jarayonni boshqaradi va uning muvvafaqiyatlilik darajasini baholaydi. Bunda ehtiyoj mustaqil taʻlim jarayonida talaba kasbiy shakllanishining turli motivatsiyalanganlik darajalarining rivojlanishiga olib keladi.


    Nazorat savollari:


    1. PDV larni yaratishda psixologik talablar?

    2. Didaktik talablarga nimalar kiradi?

    3. Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda amal qilinishi zarur boʻlgan tamoyillar qaysilar?

    4. Metodik talablar deganda nimani tushunasiz?

    5. Estetik talablarnning oʻziga xos xususiyatlari?

    6. Motivatsiya nima siz uchun?

    7. PDV larni loyihalashtirish bosqichlari qaysilar?

    Download 30,08 Kb.
    1   2   3




    Download 30,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalari, test oʻtkaziladigan manbalar kiradi. Tarmoq

    Download 30,08 Kb.