1 A. X. O‘roqov




Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/102
Sana18.05.2024
Hajmi10,95 Mb.
#242094
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102
 
14 
KIRISh 
Avtomobil yo‘llari mamlakatning muhim boyligi bo‘lib, iqtisodiyotning 
o‘sishida asosiy omillardan hisoblanadi. Transport vositalari ishining 
samaradorligini, yuklarni etkazib berish va yo‘lovchilarni tashish tezligini, harakat 
xavfsizligini va komfortabelligini oshirish, shuningdek, yuk tashish tan narxini 
pasaytirish uchun avvalo avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatastion 
ko‘rsatkichlarini oshirish, yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlarini tubdan 
yaxshilash zarurdir. Buning uchun avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash 
texnologiyalarini takomillashtirish va sohada ilg’or xorijiy texnologiyalarni 
qo‘llash talab etiladi. Bugungi kunda Respublikamizda transport infratuzilmalari 
tizimini yaxshilash, xususan avtomobil yo‘llari sifatini oshirish, yangi avtomobil 
yo‘llarini qurish va mavjudlarini rekonstrukstiya qilishga dolzarb vazifalardan 
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan avtomobil yo‘llarini 
rivojlantirish va yo‘l tarmog’ini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqa. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, 
PF-4954-sonli “Yo‘l xo‘jaligini 
boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g’risida”gi 
farmonida, PQ-3262-sonli “Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va 
arxitektura-landshaft konstrukstiyalash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g’risida”gi qarorida, PQ-3309-sonli “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l 
o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil 
etish tizimini takomillashtirish to‘g’risida”gi qarorida, PQ-4035-sonli “Avtomobil 
yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg’or 
xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qarorida yo‘l 
xo‘jaligini rivojlantirish va avtomobil yo‘llari tarmog’ini takomillashtirish 
masalalari ustivor vazifalar qilib belgilangan.
Darslikda fanning ahamiyati, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash 
texnologiyalarining rivojlanishi, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash 


 
15 
bo‘yicha tadbirlar tizimi va ularni rejalashtirish, avtomobil yo‘llarini saqlash va 
qish davrida saqlash texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish 
texnologiyalari, 
avtomobil 
yo‘llarini 
joriy 
va 
mukammal 
ta’mirlash 
texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini texnik hisobga olish va pasportlashtirish, 
avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini tashkil etish va ishlarni qabul 
qilish, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha mablag’lar sarfini 
hisoblash tamoyillari aks etgan.
Muallif mazkur darslikni tayyorlashda o‘zining qimmatli maslahatlarini va 
fikr-mulohazalarini bergani uchun professorlar I.S.Sodiqov va A.F.Shohidovlarga 
o‘z minnatdorchiligini bildiradi. 



Download 10,95 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102




Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish