377
qish sovuqlari va yomg’irli kuz bilan joylarda joylashgan yo‘l poyida namlik
sezilarli darajada qayta taqsimlanishi mavjud. Pastdan yuqoriga yuqori haroratdan
(tuproqning erigan qatlamlaridan) pastgacha (yo‘l to‘shamasi asosigacha)
harakatlanuvchi suv tuproqda muz kristallari shaklida to‘planadi. Muzlagan
tuproqdagi suvning harakati tuproq zarrachalarini o‘rab turuvchi plyonkalarda,
iliqroq zarrachalardan sovuqroq, suv bug’ining sovigan tuproq zarrachalari
yuzasida kondensastiyalanish yo‘li bilan yupqa kapillyarlarda sodir bo‘ladi.
Bu davrda og’ir transport vositalarining o‘tishi yo‘l yuzasida ko‘pchish,
yoriqlar va hatto yo‘l to‘shamasini buzilishlariga olib kelishi mumkin. Cho‘kishlar
odatda gruntni namlanishi, muzlashi, namning jadal harakatlanishi oqibatida sodir
bo‘ladi. Bu omillardan biri bo‘lmasa, cho‘kish hosil bo‘lmaydi.
Bu cho‘kishlar yo‘llarda harakat jadalligi va oqim tarkibida yuk
avtomobillar bo‘lishi oqibatida butun qoplamani sezilarli darajada buzilishiga olib
keladi.
Yo‘llarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l harakati texnik xizmat
ko‘rsatish va yo‘l harakatini boshqarish xizmatlari yo‘ldagi yo‘l harakati jadalligi
va yo‘l cheklovlari imkoniyatidan kelib chiqqan holda bir qator chora-tadbirlarni
nazarda tutadi. Vaqtinchalik chora-tadbirlar yo‘l to‘shamasini eng namlangan
davrida harakatni cheklash yoki og’ir yuk mashinalari uchun harakatni yopish,
shuningdek yo‘l yuzasiga tushadigan yuklarni kamaytirish uchun muhandislik
chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Keskin choralarga yo‘l to‘shamasini ko‘pchigan
joylarini to‘liq qayta qurish kiradi.
Bahor davrida yo‘l to‘shamalirini saqlanganligini ta’minlash bo‘yicha chora-
tadbirlarni tanlash, yo‘l to‘shamalarining va yo‘l poyi gruntlarining mustahkamlik
xususiyatlarini tekshirish natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunday tekshirishlar
asosida yo‘lning haqiqiy(amaldagi) elastik modulini