|
1-amaliy ish Bajardi: Xalilova Gulxayo Tekshirdi: ziyodullayeva g. E
|
Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 195,47 Kb. | | #131076 |
Bog'liq 1-top.24 Gulxayo
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
«AKT sohasida kasb taʻlimi»
Kolleksiyalarni yaratish fanidan
1-amaliy ish
Bajardi: _Xalilova Gulxayo
Tekshirdi: ZIYODULLAYEVA G. E
Toshkent-2023
Axborot kutubxna fondini tashkil etishdagi jarayonlarni taxlil qilish
Topshiriq:
Axborot-kutubxona fondini shakllantirish jarayonlarini klaster shaklida tasvirlash
Axborot-kutubxona faoliyatiga oid standartlar tarkibi
Axborot-kutubxona sohasiga oid zamonaviy standartlar asosan uch guruhga bo‘linadi [Сборник основных российских стандартов по библиотечно-информационной деятельности / Сост. Т.В. Захарчук, О.М. Зусьман. СПб.: Профессия, 2006.- 547 с) .
Birinchi guruhga kiruvchi mavjud barcha standartlarning juda ko‘pchiligi asosan axborot-kutubxona sohasidagi asosiy tushunchalar, atamalar va ta’riflarni qisqa, lo‘nda va aniq ifodalashga yo‘naltirilgan. Hozirgi paytda atamalar standartlari asosan: axborot-kutubxona faoliyati, bibliografiya, bibliografiyashunoslik, axborotlarni qidirish va tarqatish, axborot-qidiruv tillari, kataloglashtirish, fondni butlash, elektron nashrlar sohalarini butunlay qamrab olgan.
Ikkinchi guruhga kiruvchi standartlar texnologik standartlar bo‘lib, ular asosan kutubxona-axborot va nashriyot texnologiyalariga oiddir:
• hujjatlarning bibliografik tasviri, alohida ko‘rinishdagi hujjatlarning bibliografik tasviri;
• hujjatlar uchun annotatsiya va referatlar yozish;
• kataloglar va kartotekalar uchun kartochkalarni shakllantirish;
• alohida ko‘rinishdagi hujjatlarni rasmiylashtirish;
• turli ko‘rinishdagi hujjatlarni saqlash va konservatsiya;
• rubrikatorlarni yuritish;
• bibliografik ma’lumotlarni almashtirish.
Uchinchi guruhga kiruvchi standartlar axborot-kutubxona xizmati ishlarini hisobga olishni (fond, abonentlar va kitobxonlar bilan ishlashni hisobga olish) boshqarishga mo‘ljallangan.
Axborot-kutubxona sohasiga oid standartlar tizimini ishlab chiqish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tayyorlangan taklifni Axborotlashtirish va aloqa agentligi qo‘llab quvvatladi hamda standartlar yaratish uchun sarf – xarajatlarni qoplashga zarur mablag‘ni ajratdi. Mazkur standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tatbiq qilish maqsadida kutubxonachilik, nashriyot ishi, axborot texnologiyalarini kutubxonalarga tatbiq qilish bo‘yicha Respublikada ko‘zga ko‘ringan va bu sohada ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirayotgan bir guruh mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tuzildi.
Klaster tuzish
Hisobga olish. Keltirilgan barcha hujjatlar kutubxonada tezda hisobga olinadi. Odatda kutubxonalar 2 xil hisobga olish usulidan foydalanadi: 1) Jamlama hisobga olish. 2) Yakka hisobga olint.
Koordinatsiya — boshqa kutubxona fondini hisobga olishni, o‘zaro aloqani, o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni taqozo qiladi. Alohida hudud, viloyat, respublika miqyosidagi kutubxonalarga ularning turi, tarmog‘iga e’tibor berib, kitoblarni kelishgan holda olish, muvofiqlash lozim.
Ixtisoslashtirish-profillashtirish ma’lum toifa kitobxonlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini va kutubxonaning vazifasini hisobga olib, fondga olinadigan kitoblar mavzusini chegaralashni bildiradi.
Axborot-kutubxona fondini shakllantirish
Fondni boshqarish. Kerakli axborotni rahbariyatga yetkazishda fondni doimo boshqarib turish lozim. Yangi kitoblarni olish, yeskilarni chiqarish, kitobdan go‘liq foydalanish fondning boshqarilishiga bog‘liq. Hozir biz yuqorida aytganimizdek, hamma kutubxonalarda an’anaviy, qo‘lda ish yurigish usuli qo‘llanadi
Butlash. Bu o‘ta mas’uliyatli jarayon bo‘lib kutubxnaga olinadigan kitoblarning taqdiri hal qilinadi. Kutubxonaga ajratilgan mablag‘ni hisobga olib, kutubxonaga qanday va qancha kitob olish lozimligi aniqlanadi
Tartibga solish prinsipi asosan kutubxona fondini butlash va undan kitoblarni chiqarish rejali, muntazam, tezda bajarilib borilsa u o‘z maqsadiga yetadi. Bu holat, odatda tashkiliy prinsip deb ham ataladi.
Axborot-kutubxona fondini shakllantirish
|
| |