(4) formula orqali hisoblangan elektrodvigatellarning quvvati
1 amaliy
Yuqori qattiqlikdagi ohaktoshlarni siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, bazalt va granitlar 200 dan 400 Mn/m2 gacha tebranadi. Ushbu 6 materiallarning sinishdagi mustahkamligi, cho‘zilishi va siljishi chegaralari 0,0835-0,125 dan siqilishdagi mustahkamlik chegarasini tashkil etadi. Material bo‘lagining sinishi jarayonida unga siqilish kuchi ta’sir etadi, shu tariqa sinish, siljish va cho‘zilishni keltirib chiqaruvchi kuch paydo bo‘ladi. Ravshanki, material bo‘lagini sindirish uchun talab etiladigan natijalashtiruvchi kuch, siqilishga bo‘lgan mustahkamlikning maksimal chegarasiga muvofiq keluvchi siqilish kuchlaridan kichik bo‘lishi kerak. Qayd etilganlarni (quyida keltiriladigan tasdiqlovchi hisoblarni) e’tiborga olib, siqilishga bo‘lgan mustahkamlikning qiymatini chegaradan (400 Mn/m2) kichigini qabul qilish zarur. Hisoblar shuni ko‘rsatdiki, universal uzatma uchun ushbu qiymatni 250 Mn/m2 dan oshmagan holatda qabul qilish lozim. formulada maydalanadigan materialning hajmi materialning eng katta bo‘lagining o‘lchamlari hisobga olingan. Ushbu hajmni yuqori ekanligini quyidagi sabablarga ko‘ra tan olish kerak: 1. Maydalagichda qamrab olinadigan material bo‘lagining soni L/D jihat maydalash soni ekanligi hisobga olinmagan. Misol uchun, 1500×2100 maydalagichda materialning eng katta o‘lchami 1300 mm ga teng, ya’ni L/D=1,63 va bu ketma-ketlikda qabul qiladigan tirqish faqat bitta 1300 mm o‘lchamli material bo‘lagini qabul qilishi mumkin. Ushbu holat barcha boshqa modelli maydalagichlar uchun ham o‘rin tutadi. 2. Maydalagichda amaliyotda material bo‘laklari aralashmasi har xil o‘lchamlarda tushadi va albatta bo‘laklarning o‘rtacha kattaligi Do‘r. qabul qilish lozim. Hisoblar shuni ko‘rsatadiki, o‘rtacha kattalik Do‘r. o‘lchami taxminan eng katta (0,5 - 0,52) Dengkat.ga teng. Qayd etilganlardan tashqari, formulaga mutanosiblik koeffitsientini kmut. kiritish zarur (2-jadvalga qarang). Chunki maydalanadigan material 7 bo‘lagining o‘lchamlarini kattalashtirishda energiyaning solishtirma og‘irligi (hajmi) sarflanishi keskin kamayadi. Bu shunday tushuntiriladiki, bo‘laklarning o‘lchamlarini kattalashtirishda uning darz (yoriq) ketishi, g‘ovakligi va bir xil bo‘lmasligi hisobiga mustahkamligi kamayadi. Keltirilgan tuzatishlarni jamlab xulosa qilsak, quyidagini olamiz: N = kmut. σ2siq. π b L n / 12 E η · (D2o‘r. - d2 o‘r.) vt, (5) bu yerda: kmut. – mutanosiblik koeffitsienti, bo‘laklarning o‘lchamlari o‘zgarshi bilan materialning mustahkamligi o‘zgarishi hisobga olinishi; b – tuzatish koeffitsienti, kameraning uzunligi bo‘yicha joylashgan bo‘laklar soni maydalangan bo‘lmasligi hisobga olinishi lozim. 400×600 o‘lchamli maydalagich uchun kameraning uzunligi 600 mm ga, uning o‘rtacha kattaligi Do‘r. = 0,175 m, qamrab olinadigan material bo‘lagining soni L / Do‘r. = 3,43 ga teng. Aslida shunday qilib, uchta bo‘lak yotqizish mumkin, b=3 / 3,43 =0,876. formula bo‘yicha elektrodvigatel quvvati hisobi 2-jadvalda keltirilgan.
8 1-rasmda maydalagichga tushayotgan material bo‘laklari o‘lchamlariga mutanosiblik koeffitsienti kmut. bog‘liqligi tasvirlangan. Material bo‘laklarining birinchi darz (yoriq) ketishi siqilish kuchining oxirgi chegaraviy qiymatiga yoki material tuzilmasi bo‘yicha siljishi muayyan joydagi natijasiga asosan sodir bo‘ladi.
1-rasm. Maydalagichga tushayotgan material bo‘laklari o‘lchamlariga mutanosiblik koeffitsienti bog‘liqligi chizmasi. Ko‘pchilik tog‘ jinslarida bo‘laklar siqilishda qoldiqsiz deformatsiyalanadi. Shunday turlarning qiyshiq siqilishi boshida ravon ko‘tariladi va qachonki material kuchi maydalangan holatiga etganda, tik ishlov beriladi va pastga tushadi. Bunday bo‘laklar mutlaqo egiluvchan va ular uchun ma’lum bo‘lgan ish deformatsiyasi iborasini tadbiq mumkin. A = σ2buz.V / 2E dj, (6) bu yerda: σbuz. – maydalanadigan materialning buzilishdagi kuchlanishi, n/m2; – material bo‘lagi hajmi, m3; E – maydalanadigan materialning egilish moduli, n/m2. Maydalash darajasi io‘r.=D/do‘r. dan tashqari, bir martali hajm darajali maydalash a = D3 o‘r./d3o‘r. tushunchasi kiradi. 9
Material bo‘laklari bir necha holatda n maydalanadi, o‘rtacha o‘lchamli Do‘r. olish uchun zarra parchali o‘lchamlar do‘r. yonida bir martali hajm darajali maydalash a ni belgilasak, unda: D3 o‘r./d3o‘r. =i3= an , (7) bu yerda: 3lg i = n lg a , (8) yoki n = 3lg i / lg a . (9) Madomiki har bir maydalash holatida nazariy jihatdan o‘sha bir xil ish bajarilsada, kirayotgan mahsulot bo‘lagi D o‘lchamlarini zarra parchali o‘lchamlar d gacha maydalash uchun n holat talab etiladi. Unda quyidagi aniq umumiy ishni tashkil qiladi. A = σ2buz. V / 2E ·3lg i / lg a dj, (10) bu yerda: V – maydalanadigan bo‘lak hajmi, m3. Agarda mashinaning ishlab chiqarish samaradorligi Vm (m3/sek) ga teng bo‘lsa, unda maydalash uchun talab etiladigan quvvat quyidagicha tashkil etadi. N = 3 σ2 buz. Vm / 2 E η · lg i / lg a vt, (11) Misol. Jag‘li maydalagichning oddiy harakatlanuvchi jag‘ o‘lchamlari 1500×2100 mm da maydalanadigan materialning buzilishdagi kuchlanishi σbuz.=250·106 n/m2, ishlab chiqarish samaradorligi 400 m3/s=0,111 m3/sek, maydalanadigan materialning egilish moduli E=6,9·1010 n/m2, maydalash darajasi i=4,0, bir martali hajm darajali maydalash a=2, uzatmaning foydali ish koeffitsienti η=0,85 tenglikdagi uchun elektrodvigatel quvvatini aniqlash. N = 3 σ2 buz. Vm / 2 E η · lg i / lg a kvt. formula bo‘yicha elektrodvigatel quvvati hisobi 3-jadvalda keltiriladi. Shunday qilib, (11) formula bo‘yicha hisoblanda tuzatish koeffitsientini At ni kiritish zarur, chunki toshning mustahkamligi kamayishi uning o‘lchamlari kattaligiga va belgilangan hamda quvvati hisoblangan o‘rtasida 10 qisman farq borligi hisobiga. Mutanosiblik koeffitsienti kmut. o‘zgarishi qonuniyati 3-jadvalga ko‘ra, 2-rasm va 2-jadvalga belgilangani bilan o‘xshash. Shunday qilib, tamomila olamiz: qiymati muvofiq 3-jadval Download 104,2 Kb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa (4) formula orqali hisoblangan elektrodvigatellarning quvvati
|