Korpusning oldingi paneliga tegishli bo‘lgan mayda simchalarni, ona platadagi
o‘z maxsus “razyom”lariga ulaymiz. Korpus va ona plata ishlab chiqaruvchi
korxonalar ko‘p hollarda bir xil standartlarni ishlatishadi.
Shuning uchun har bir
simni uchidagi va uning ona platadagi o‘z “razyom”idagi yozuvlari to‘g‘ri keladi.
Shu yerda “markirovka”ni eng ko‘p tarqalgan turini misol keltiramiz:
HDD-LED
– Korpusni oldi tomonidagi qizil
chiroqcha. Qattiq disk ishlashini ko‘rsatib
turish
uchun mo‘ljallangan (qizil-oq rangli simchalar).
PWR-LED
– Korpusni oldi tomonidagi yashil,
ko‘k yoki qizil rangli chiroqcha. Kompyuterda tok
borligini ko‘rsatadi. (yashil-oq rangli simchalar)
PWR-SW
–
Kompyuterni
o‘chirish/yoqish
tugmasi (olovrang-oq rangli simchalar)