• O’tkazuvchanlik qobiliyati
  • 1-Amaliy ish: Mavzu: Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy ko`rsatkichlari va xususiyatlari




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/8
    Sana23.05.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #251439
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-Amaliy ish Mavzu Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy k

    Razryadlilik 
    (mashina so’zining uzunligi) bu kompyuter operasiyalarni amalga 
    oshiriladigan standart mashina 
     
    formatidagi so’zni ikkilik sanoq tizimidagi xonalar 
    sonidir. Zamonaviy kompyuterlarda u 32 yoki 64 ikkilik razryadlarni tashkil etadi. 
    So’zning uzunligi kompyuterning ko’plab parametrlariga: tezkor ishlashiga, 
    hisoblash aniqligiga, xotiraga o’qish yoki yozish tezligiga ta’sir etadi. U ayniqsa 
    ko’paytirish, bo’lish, darajaga ko’tarish, ildizdan chiqarish kabi ko’p vaqt talab 
    qilinadigan operasiyalarni bajarish ishida hisoblash aniqliligini belgilab beradi.
    O’tkazuvchanlik qobiliyati 
    tashqi qurilmalar yoki boshqa kompyuterlar bilan 
    axborotlar almashtirishda ma’lumotlarni kiritish va chiqarish kichik tizimlarining 
    xarakteristikalariga kiradi. O’tkazuvchanlik qobiliyati vaqt birligida uzatiladigan 
    mukammal miqdordagi axborotlar birligi bit bilan o’lchanadi.
    Ishlash ishonchliligi quyidagi ko’rsatgichlar orqali baholanadi:

    berilgan vaqt mobaynida buzilishsiz ishlash ehtimolligi; 

    birinchi buzilishgacha ishlash vaqti; 

    ish xususiyatini qayta tiklanishining o’rtacha vaqti. 
    Texnik parametlari bilan bir qatorda zamonaviy kompyuterlar ularning sifatiga 
    va narxiga ta’sir etadigan funksional imkoniyatlar nuqtai nazaridan baholanadi: 

    axborotlarni kiritish/chiqarish, almashtirish va saqlash tashqi qurilmalarining 
    nomenklaturasi va xarakteristikalari (printerlar, skanerlar); 

    barcha turlardagi xotirada saqlovchi qurilmalarning (OXQ, DXQ, diskli xotira) 
    nomenklaturasi, sig’imi va tezkor ishlashi

    tashqi qurilmalar bilan uyg’unlashtirish (moslashtirish) bog’lamalarning turlari va 
    o’tkazish xususiyati; 

    ma’lumotlarga ishlov berish ish tartibi (bir dasturli, ko’p dasturli, ko’p 
    foydalanuvchili); 

    foydaniladigan operasion tizimning xarakteristikalari; 

    foydalanuvchi amaliy dasturlarning to’liqligi;

    boshqa turdagi kompyuterlar bilan dasturiy moslanuvchanligi; 

    tarmoq yoki hisoblash tizimi tarkibida ishlash imkoniyati. 


    Hozirgi vaqtda kompyuterni ishlatishning asosiy maqsadlari axborot xizmat 
    ko’rsatish va boshqarish, ya’ni axborot-hisoblash masalalarini yechish hisoblanadi. 
    Shuning uchun yuqori ish unumdorligini zamonaviy kompyuterlar ma’lumotlarga 
    ishlov berish masalalarini birgalikda yechish uchun tashkil etilgan bir yoki bir necha 
    kompyuterlar, ularning dasturiy ta’minoti va tashqi qurilmalari birligidan iborat 
    bo’lgan hisoblash tizim sanaladi (Multi Processor Systems – ko’p prosessorli 
    tizimlar). 
    Hisoblash tizimlari foydalanuvchi yechadigan masalaning xarakteriga bog’liq 
    ravishda majmualashtirilishi (komplektlashtirilishi) mumkin. 
    Bir jinsli hisoblash tizimlari bir turdagi kompyuterlar yoki prosessorlar asosida 
    quriladi, standart dasturiy vositalar to’plamini, namunaviy uyg’unlashtirish 
    protokollarini ishlatadi, sodda arxitekturaga ega. 
    Bir jinsli bo’lmagan hisoblash tizimlari turli texnik va funksional 
    xarakteristikalari, turli ko’rinishlardagi arxitektura o’z tarkibiga har xil turlardagi 
    kompyuterni yoki prosessorlarni oladi. 
    Markazlashtirilgan boshqarishli hisoblash tizimlari hududiy yo’naltirilgan 
    bo’lib, ularning komponentlari bir – birlaridan bevosita yaqinda joylashadi. 
    Markazlashtirilmagan hisoblash tizimlari hududiy taqsimlangan bo’lib, ularning 
    komponentlari sezilarli masofalarda joylashadi va hisoblash tarmoqlarini tashkil 
    etadi. 
    Hisoblash quvvati nuqtai nazaridan zamonaviy kompyuterlarni 4 ta toifaga 
    bo’lish mumkin: 

    OXQ hajmi o’nlab va yuzlab Mbayt bo’lgan, 32-64 bit razryadli 100-1000 
    MGs takt chastotali shaxsiy kompyuterlar; 

    10-100 MIPS ish unumdorligiga, bir necha prosesorlarga, 128-2048 Mbayt 
    OXQ hajmga, 32-128 bit razradlilikka ega bo’lgan boshqarish va nazorat qilish 
    tizimlardagi mini-kompyuterlar; 

    100 MIPS dan yuqori ish unumdorligiga, 10 Gbaytgacha OHQ hajmga, 64-128 
    bit razryadga, ko’p foydalanuvchili ishlov berish ish tartibiga ega bo’lgan katta 
    EHM lar (mainframe); 

    100 GFLOPS ish unumdorligiga, ko’plab prosessorlarga, 10 Gbaytgacha OXQ 
    hajmga va 64-128 bit razryadga ega bo’lgan super kompyuterlar. 
    Kompyuterlarning umumlashtirilgan arxitekturasi prosessor, xotira, tashqi 
    qurilmalar komponentlardan tarkib topgan klassik variantdagi strukturadan iborat. 

    Download 0,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Amaliy ish: Mavzu: Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy ko`rsatkichlari va xususiyatlari

    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish