|
1-amaliy ish
|
bet | 14/27 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,02 Mb. | | #138526 |
Bog'liq 1-amaliy ish6. Formulalar bilan ishlash
Kompyuter foydalanuvchisi matnli ma’lumotlar bilan ishlash vaqtida matematik, fizik va boshqa turdagi formulalarni yozishga to’g’ri keladi. Buning uchun menyuning Вставка bo’limiga kirib kerakli Символ bandi tanlanadi va “sichqoncha” tugmachasi bosiladi. Natijada ekranda 3-rasmdagi holat paydo bo’ladi. Matnda lozim joyga kursor keltiriladi va kerakli Символ ko’rsatkich orqali tanlanadi hamda Вставить tugmachasi bosiladi. Daraja va indekslarni yozish uchun uskunalar majmuasidagi belgilardan foydalaniladi.
Matematik va boshqa turdagi formula va munosabatlarni yozishda klaviaturada mavjud bo’lmagan Символlarni kiritishda uskunalar majmuasi qatoridagi belgidan foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur belgi ustiga ko’rsatkich keltirilib, “sichqoncha” chap tugmachasi bosiladi. Natijada 8-rasmdagiga o’xshash holat ekranda paydo bo’ladi. Kerakli matematik (fizik, kimyoviy va hokazo) formulalarni kiritish mumkin.
8-rasm. Matematik Символlarni WORDda yozish.
Matematik formulani yozishga misol:
Formulaga o’zgartirish kiritish uchun unda «sichqoncha tugmachasi ikki marta bosiladi.
Rasmlar va kartinkalar bilan ishlash
Foydalanuvchi matnga kompyuter xotirasida mavjud bo’lgan ixtiyoriy rasm yoki kartinkani hamda boshqa grafik muharrirlarda tayyorlangan rasmlarni qo’shishi mumkin.
Bu ish quyidagi tartibda bajariladi:
kursor rasm qo’yilishi kerak bo’lgan joyga keltiriladi;
menyuning Вставка bo’limidan Risunok buyrug’i tanlanadi. Ekranda quyidagi muloqat oynasi paydo bo’ladi(9-rasm).
9-rasm.
Undan kerakli kartinka yoki rasmli fayl tanlanadi va OK tugmachasi bosiladi. Masalan, quyida Из файла bo’limidan Aysberg nomli faylli rasm tanlangan va natijada ekranda quyidagi tasvir paydo bo’ladi(10-rasm).
10-rasm. Aysberg rasmi.
|
| |