7-rasm. Sahifa parametrlarini o’rnatish oynasi.
Bu darchada sahifalash parametrlari o’rnatiladi. Положение bo’limida sahifa nomerini varaqning yuqorisidan(Вверху страницы) yoki pastidan(Внизу страницы), Выравнивание bo’limida esa nomerni varaqning o’rtasidan(От центра), chap tomondan (слева), o’ng tomondan(справа) qo’yish kerakligi aniqlanadi.
5. Jadvallar tashkil etish
Jadval tashkil etish uchun menyudagi "Таблица" bo’limiga kirib, Добавить, so’ngra Таблица buyrug’i tanlanadi(7-rasm).
7-rasm. Jadval tashkil qilish buyruqlari.
Ekranda so’roq vazifasini bajargan holda satr va ustunlar sonini kiritishni talab qiluvchi oyna hosil bo’ladi (8-rasm).
8-rasm. Jadval tashkil etishda ustunlar va
satrlar sonini berish.
Kerakli ustun va satrlar soni kiritilib, [Enter] yoki [OK] tugmachalari bosiladi. Masalan, beshta satr va beshta ustundan iborat jadvalni hosil qilish uchun “Число строк” satrida 5 sonini, “Число столбцов” satrida 5 sonini kiritish lozim(8-rasm) va [OK] buyrug’i beriladi. Natijada ekranda quyidagi jadval hosil bo’ladi.
Jadval kerakli ma’lumot bilan to’ldiriladi. Masalan quyidagi jadval talabalar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan to’ldirilgan.
Agar foydalanuvchi Wordda yozayotgan matnda xisoblanadigan jadval uchrasa, undagi sonli ma’lumotlar ustida Excel dasturini ishga tushirmasdan turli arifmetik amallarni bajarish mumkin. Buning uchun uskunalar majmuasidagi (Добавить таблицу Excel) tugmachasi bosiladi va ustun hamda satrlar soni belgilanadi. Ekranda Excel elektron jadvali paydo bo’ladi va u ma’lumotlar bilan to’ldiriladi hamda kerakli hisoblashlar bajariladi. Masalan, quyida talabalarning besh kunlik tergan paxtasini hisoblash jadvali keltirilgan.
Jadvaldagi barcha hisoblashlar bajarilgandan keyin undan tashqarida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va quyidagi jadval paydo bo’ladi.
Agar jadvalga o’zgartirishlar kiritilishi kerak bo’lsa, u holda «sichqoncha» tugmachasi jadval ustida ikki marta bosiladi.
Jadvalni o’chirish uchun menyudan ТаблицаУдалитТаблица'>ТаблицаУдалитТаблица buyruqlari ketma-ket tanlanadi. Kiritilgan jadvaldagi ortiqcha satrni olib tashlash uchun u satr tanlanadi va menyudagi Таблица bo’limiga kirib УдалитСтроки buyrug’i tanlanadi. Kiritilgan jadvaldagi ortiqcha ustunni olib tashlash uchun ustun tanlanadi va menyudagi Таблица bo’limiga kirib УдалитСтолбцыbuyrug’i tanlanadi. Kiritilgan jadvaldagi satr yoki ustunlar soni etmay qolganda ularning sonini ko’paytirish uchun menyudagi ТаблицаДобавить buyrug’idan keyin Столбцы слева, Столбцы справа, Строки выше, Строки ниже buyruqlaridan keraklisi tanlanadi.
|