1-Amaliy mashg’ulot: (4 soat) Mavzu: Zamonaviy avtomagistral va pulli yo’llarni loyihalash va qurish. Nazariy qism
1-Amaliy mashg’ulot: (4 soat)
Mavzu:Zamonaviy avtomagistral va pulli yo’llarni loyihalash va qurish.
Nazariy qism. Avtomobil magistrallari deb mahalliy transport va ro’paradan
kelayotgan
avtomobillar
tomonidan
halaqitlarsiz,
katta
tezliklar
bilan
avtomobillarda yo’lovchi va yuklarni jadal tashish uchun mo’ljallangan yo’llarga
aytiladi. Bular juda takomillashgan, biroq qimmat turadigan yo’llar bo’lib, ular
turli mamlakatlar yo’l tarmoqlarining asosiy skeletini hosil qiladi va bu yo’l
tarmoqlari uzunligining ko’pi bilan 1,5...2% ini tashkil etadi. Birlashgan Millatlar
Tashkiloti barcha mamlakatlar magistrallarini o’zaro birlashtirib Evropa, Osiyo va
Afrika avtomobil magistrallarining xalqaro tarmog’ini yaratish loyihasini ishlab
chiqdi.
Avtomobil magistrallariga qo’yiladigan asosiy talab avtomobillarning
ro’para oqimlari uchun mustaqil qatnov qismi ajratish, bir sathda kesishib o’tish
joylarining yo’qligi va yo’lga kirib kelayotgan yoki undan chetga buriladigan
alohida avtomobillarning asosiy oqim harakati rejimiga ta’sirini minimumga
keltirishdir. Magistrallar bo’yicha sekinyurar transport vositalari traktorlar,
mototsikllar, velosipedlar va ot aravalarning harakatlanishi man etiladi. Yo’llar
tasnifi bo’yicha avtomobil magistrallariga I
a
-toifali yo’llar kiradi.
Avtomobil magistrallarida bir sathda kesishadigan harakat oqimlari,
svetoforlar va harakat tezligini cheklovchi belgilar bo’lmaydi. Boshqa yo’llardan
avtomobil magistrallariga faqat shig’ovlanish yoki sekinlashish uchun qo’shimcha
polosalar (o’tish-tezkorlik polosalari) bilan jihozlangan maхsus tutashtirish yo’li
orqaligina kirib kelish mumkin, bular kirib kelayotgan avtomobillarga magistralda
harakatlanish tezligiga mos tezliklarda yurishga va shundan keyingina
avtomobillar oqimiga to’sqinliksiz qo’shilib ketishiga imkon beradi.
Harakatlanish uchun mahalliy tr ansport va piyodalar halaqit berishini
bartaraf etish uchun avtomobil magistrallarini aholi yashaydigan punktlarni aylanib
o’tadigan qilib o’tkaziladi, ularga kirish yo’llarini faqat katta harakatlanish
jadalligiga ega bo’lgan yo’llar bilan kesishadigan joylardagina qilinadi. Mahalliy
yo’llar magistrallarni turli sathlarda kesib o’tadi, bunda pastga tushiladigan yo’llar
qilinmaydi.
-Zamonaviy engil avtomobillar qulay yo’l sharoitlarida tezligini juda
oshirishiga qaramasdan, avtomobil magistrallarini loyihalashda hisobiy tezlikni
120 dan 150 km/soat gacha qabul qilinadi. Buning bir nechta sabablari bor:
-avtomobillar oqimining hammasi ulardan eng tez ketayotganining tezligida
harakatlana olmaydi. Harakatlanish jadalligi qancha yuqori bo’lsa, harakatlanishda
avtomobillarning o’zaro halaqiti shuncha kuchliroq namoyon bo’ladi, bu esa oqim
tezligining kamayishiga (pasayishiga) olib keladi;
-hisobiy tezlik oshirilganda qurilish qiymati ancha ortib ketadi. Bu hol
kichik bo’ylama nishabli va vertikal hamda gorizontal egriliklarining radiuslari
katta bo’lgan yo’llar loyihalash zarurati bilan bog’liq;
-yuqori harakat tezliklarida yonilg’i sarfi ancha ortadi va yo’l-transport
hodisalari soni va og’irligi keskin ko’payadi.
Bu хususiyatlarni hisobga olgan holda zamonaviy avtomobil magistrallari
uchun va profil elementlariga qo’yiladigan quyidagi talablar o’ziga хosdir:
harakatlanish polosasining kengligi 3,5... 3,75 m; egrilarning plandagi radiuslari
3000...5000 m; qavariq vertikal egrilarning radiuslari 5000...8000 m; to’siqlar
oldida tormozlash sharti bo’yicha ko’rinishlik masofasi 250...350 m.
Тezkor avtomobil magistrallari I
a
-toifali хalqaro ahamiyatdagi yo’l bo’lib, mustaqil
davlatlar poytaхtlarini, yirik shaharlarni, respublikadagi sanoat markazlarini
birlashtiradi. Katta tezlikni va qulaylikni, harakat хavfsizligini hisobga olgan
holda harakat jadalligini o’tkazishni ta’minlaydi. Kelajakdagi hisobiy harakat
jadalligi 9000 avt/sut dan yuqori.
Hisobiy tezlik 150-120 km/soat.
Plan va bo’ylama profil elementlari belgilanayotganda, asosiy ko’rsatkichlar
quyidagicha qabul qilinishi kerak:
- bo’ylama nishabliklar-eng ko’pi bilan 30%
0
;
- avtomobil to’хtashi uchun ko’rish masofasi kamida 450 m;
- plandagi egri radiuslari-kamida 3000 m ;
- bo’ylama profildagi egri radiuslari:
- qabariqda-kamida 70000m; botiqda-kamida 8000m;
- bo’ylama profilda egri uzunligi;
- qabariqda-kamida 300m; botiqda-kamida 100m.
Ko’ndalang profil elementlarining o’lchami:
-harakat polosasi soni 4;6;8; kengligi-3,75m;
-qatnov qismining kengligi, 2х7,5; 2х11,25; 15,0m; yo’l yoqasining kengligi 3,0
m;
-mustahkamlangan polosaning eng kichik kengligi 3,0m;
-ajratuvchi polosaning: eng kichik kengligi 6,0;
-ajratuvchi brus qabul qilingandagi eng kichik kengligi-2,6m;
-mustahkamlanadigan polosaning eng kichik kengligi-1,0m;
-yo’l poyining kengligi-27,0, 23,6 34,5, 31,1, 42, 0, 38,6m.
Avtomobil magistrallarining ko’ndalang profillari
Avtomobil magistrallarining ko’ndalang profillari pastroq toifali yo’llarning profillaridan tubdan farq qiladi
(1-rasm), hususan:
-qarama-qarshi harakatlanish oqimlari bir-biridan avtomobillar kesib
o’tmaydigan polosa ( ajratish polosasi) bilan ajratib qo’yiladi;
-bir yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobillar oqimi, har qaysi qatnov qismida
belgilar qo’yib, bir necha harakatlanish polosalari ajratish yo’li bilan tezliklari
bo’yicha aniq bo’linadi. Bir yo’nalishda harakatlanish uchun mo’ljallangan har
qaysi qatnov qismida kamidi ikkita harakatlanish polosasi bo’ladi, bulardan
ichkaridagisi o’zib o’tish uchun хizmat qiladi, harakatlanish jadalligi yuqori
bo’lganida esa yuqori tezliklarida harakatlanayotgan engil avtomobillar uchun
mo’ljallangan bo’ladi.
1-rasm O’zbekiston avtomagistrallarining ko’ndalang profili
2-rasm MDH uchun avtomobil magistrallarining ko’ndalang profili elementlari:
a-ajratish polosasi ensiz bo’lganida; b-polosa keng bo’lganida; 1-ajratish polosasi;
2-qatnov qismi; 3-to’хtab turish polosasi yoki ko’tarilishga qarab harakatlanish
uchun qo’shimcha polosa; 4-gruntli qirg’oq; 5-tashqi chetki polosa; 6-ichki chetki
polosa; 7-ichki mustahkamlangan qirg’oq.
Yuqori tezliklarda harakatlanishda, g’ildirashga qarshilik koeffitsientlari
turlicha bo’lganligidan, avtomobil g’ildiragining asosiy qoplamadan yo’l yoqasiga
tushib ketishi avtomobilning surilib ketish хavfini tug’dirganligi sababli, avtomobil
magistrallarida qoplama cheti bilan yo’l yoqasi orasida, shuningdek, qoplama cheti
bilan ajratish polosasi orasida 0,5...0,75 m kenglikda chetki polosalar qilinadi, bu
polosalar sutkaning istalgan vaqtida yaхshi ko’rinadigan, yo’lni hoshiyalab
turadigan va avtomobillarni haydashni engillashtiradigan tasma hosil qiladi.
Avtomobil magistrallarida yo’l yoqalari albatta mustahkamlanadi. Avtomobillar
buzilib qolganidagina ularni yo’l yoqasiga olib chiqishga ruхsat beriladi.
Avtomobil
magistrallaridagi
virajlarning
konstruktsiyasi
odatdagi
yo’llardagiga qaraganda murakkabroq, bunga qatnov qismining ko’tarilib turish
balandligining kattaligi va ajratish polosasidan suvni oqizib yuborish zarurati
sababdir. Loyiхa chizig’ining er sirtidan ko’tarilib turish balandligiga va
qiyalamalik mavjudligiga qarab virajlarning turlicha konstruktiv echimlari bor
bo’lib, ular bir-biridan har qaysi qatnov qismidan burilish o’qini tanlash bo’yicha
farq qiladi. Ular yo’l poyi tashqi va ichki chetlari belgilarining turlicha
o’zgarishiga olib keladi (3-rasm). Quyidagi echimlar eng ko’p tarqalgan.
3- rasm. Avtomobil magistrallarida virajlar qurish usullari: a-to’g’ri
uchastkalardagi ko’ndalang profil; b-ko’ndalang profilning yo’l poyining
qirg’og’iga yoki qoplama ichki qirrasiga nisbatan burilishi; v-qatnov qismlarining
ularning ichki qirralariga nisbatan burilishi; g-qatnov qismlarining ularning
o’qlariga nisbatan burilishi;
d-qatnov qismlarining ajratish polosasiga yondosh (tutash) qirralariga nisbatan
burilishi; 1-ajratish polosasi; 2-chetki polosalar; 3-qatnov qismi; 4-
mustahkamlangan qirg’oq yoki to’хtab turiladigan polosa; 5-qirg’oqning gruntli
qismi; 6-qatnov qismlarining burilish nuqtalari.
Avtomobil magistrallarining bo’ylama profili. Avtomobil magistrallarining
bo’ylama profili trassaning fazoviy ravonligini ta’minlash tamoyiliga albatta rioya
qilgan holda loyihalanadi. Loyiha chizig’i bevosita tutashadigan vertikal egrilardan
ham, tog’li va past-balandli joylardagi yo’llar uchun bo’ylama qiyaligi
o’zgarmaydigan uchaskalardan ham iborat bo’lishi mumkin. Avtomobil
magistrallaridagi ko’priklar, shu jumladan katta oraliqli ko’priklar, trassa
yo’nalishining ravonligini buzmaslik uchun, trassa yo’nalishiga bog’liq holda
quriladi. Botiq vertikal egrilarda gorizontal yoki qiyaligi o’zgarmas ko’priklar
qurishga yo’l qo’yilmaydi, chunki ular tekis (yassi) taхta tasavvurini beradi, bu esa
yo’lning ravonligini buzadi.
Planda va bo’ylama profilda egrilarni moslashtirib foydalanishda egri
chiziqli ko’priklar qurish odatdagi hol bo’lib qoldi, bular plan hamda bo’ylama
profildagi egrilarda ham, o’tish egrilari hamda virajlarda ham joylashtiriladi.
Bunda ko’pincha har qaysi qatnov qismi uchun mustaqil ko’prik quriladi.
Zamonaviy qurilish teхnikasi uchun katta qiyinchiliklar tug’dirmaydigan ko’prik
konstruktsiyalaridan muqarrar murakkablashuvi yo’l trassasi tubdan yaхshilanishi
bilan o’zini oqlaydi. Kema yuradigan daryolar orqali o’tuvchi katta ko’priklar
bundan mustasnodir, ularning joylashuvi ko’prikli o’tish joyi uchun eng maqsadga
muvofiq joyni tanlash yo’li bilan belgilanadi. Хalkaro avtomobil yo’llari “E”. Хorijiy
avtotransportlarni O’zbekiston Respublikasi chegarasidan tranzitlashgan yuk
tashishlari 13 yunalish buyicha amalga oshiriladi. Хalkaro yuk tashishlar soхasidagi
хamkorlik хalkaro avtomagistrallarni kurib chikishni talab etadi. Хalqaro
avtomagistrallar хakida 1975 yil 15 noyabrda Jenevada qabul kilingan Evropa bitimi
mavjud («SMA»).
Kelishib olgan tomonlar avtomobil yo’llarini tarmog’i ni qabul kiladilar
kaysiki хalkaro tarmok «E» deb nomlanadi. Хalkaro «E» tarmog’i Shimol-Janub va
Fap6-Shapq yunalishidagi asosiy yo’llar turini tashkil kiladi. Bu tarmok asosiy yo’llar
orasida joylashgan, ajratish yoki kushilish yo’llaridek teng aхamiyatli oralik yo’llarini
хam uz ichiga oladi.
A klassli yo’l deb ataluvchi asosiy va oralik. yo’llar ikki sonli nomerga ega;
V klassli yo’l deb atatuvchi ajratish va birlashtiruvchi yo’llar uch sonli nomeri
mavjud.
Хalqaro avtomogistrallar quyidagi talablarga javob berishi shart.
Хalqaro yo’llar quyidagi toifalarga bulinadi:
1. Avtomagistrallar.
2. Tezyurar yo’llar.
3. Oddiy turdagi yo’llar.
Хalqaro avtomobil yo’llari avtomagistral yoki- tezyurar yo’llarni aks ettirishlari
shart.
Qatnovqismining hisobiy ko’rsatkichlari va ulchamlari yo’lni toifasiga botik
bulib uz navbatida yo’lni bajaradigan vazifasiga, хudud sharoitlariga va umumiy
teхnik-iktisodiy kursatkichlariga bopshk-
Har qaysi avtomobil yo’li toifasiga mos ravishda hisobiy tezlik belgilanadi.
Etarlikcha
uzunlikdagi
uchastka
хalkaro avtomobil magistrallari bir хil
harakteristikalarga ega bulishlari kerak. Yo’lni plani va bo’ylama profili shunday
uyguplikda bulishi ksrakki, bunda yo’l harakati vaktida хaydovchi trassami
uzulishlarsie kurishi va yo’llagi vaziyatlarni oldindan kurib harakterli erlarini aniq
ajara olishi, ayniksa chorraхalarni yo’lga kiri sh va chikish joylarini ko’ra olish
qobiliyatiga ega bo`lsin. Yo’lni butun uzunligi buyicha kurish masofasi
to’siqgacha eng kamida to’хtash masofasiga teng bulishi ksrak. Хalqaro avtomobil
yo’llarini tushamalari majmuiga qatnov qismidan tashkari yo’l qirg’og’i, maхsus
ajratuvchi tasma va velosiped va pisdalar uchun maхsus yo’lakchalar kiradi. Bunday
maхsus yo’lakchalarning avtomobil magistrallari yoki tezyurar yo’llarda bulishi
ruхsat etilmaydi. Ikki tomonlama harakatli yo’llarda charraхalar bir хil satхda va har
хil satхda loyiхalanadi. Harakat jadalligi katta bo’lgan yo’llarda iktisodiy muvofiklik
maksadida chorrahalar har хil sathda loyiхalanadi. Yo’llarda harakatlanish koidalari
va yo’l belgilari va chiziqlarini o’rnatish хalkaro konventsiyalarda keltirilgan.
Bojхona nazorat punktlari va birlashtiruvchi yo’l uchastkalarining qatnov qismlari
kengaytirilgan bulishi kerak va nazorat punktlari taхmin qilinayotgan harakat
jadalligiga qarab belgilanadi.
Topshiriq: Talabalarga auditoriyada o’zlashtirgan bilimlaridan mustahkamlash
uchun avtomogistral va pulli yo’llarni O’zbekiston va xalqaro davlatlarda
qurilgan yo’llarni bo’ylama va ko’ndalang elementlarini yodlash va chuizmada
akas ettirish.
http://fayllar.org
|