1-Amaliy mashg‘ulot Avtomatik boshqarish sistemalari, ularning prinsipal va funksional sxemalari




Download 16.53 Kb.
bet1/4
Sana10.11.2023
Hajmi16.53 Kb.
#96670
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy mashg‘ulot Avtomatik boshqarish sistemalari, ularning p-hozir.org


1-Amaliy mashg‘ulot Avtomatik boshqarish sistemalari, ularning prinsipal va funksional sxemalari

1-Amaliy mashg‘ulot
Avtomatik boshqarish sistemalari, ularning prinsipal va funksional sxemalari
Har qanday jarayonni oldiga qo‘yilgan maqsad sari yo‘naltirishga boshqarish deyiladi. Har qanday jarayonni boshqarish 4 bosqichdan iborat bo‘ladi: I – boshqarish maqsadi; II – boshqarish to‘g‘risida axborot; III – taqqoslash, solishtirish va qaror qabul qilish; IV – qabul qilingan qarorni bajarish.

Sxematik tarzda buni quyidagicha ifoda etish mumkin (1.1-rasm).


1.1-rasm. Avtomatik boshqarish bosqichlarining strukturaviy sxemasi
Funksional sxema sistema tarkibidagi elementlarni yoki bu elementlarning bajaradigan funksiyasini bildiradi. Prinsipial sxema esa funksional sxemaning kengaytirilgan ko‘rinishi hisoblanadi.
1.1- misol
O‘zgarmas tok generatorining kuchlanishini avtomatik boshqarish sistemasining prinsipial sxemasi 1.2-rasmda berilgan.

1.2 – rasm. O‘zgarmas tok generatori kuchlanishini avtomatik boshqarish sistemasining prinsipial sxemasi


Bu yerda: EMK – elektr mashina kuchaytirgich; BCH1; BCH2 – EMK ning boshqarish chulg‘amlari; G – o‘zgarmas tok generatori; QCH – generatorning qo‘zg‘atuvchi chulg‘ami; Ryu – yuklama; ug – boshqariluvchi, rostlanuvchi kattalik; utb – teskari bog‘lanish signali; u=ub-utb– rostlanuvchi kattalikni berilgan qiymatdan og‘ishi; ub – rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati; uu – rostlovchi, boshqaruvchi signal.
Sistemaning ishlash prinsipi quyidagicha: Sistemaning maqsadi generator kuchlanishini ug – o‘zgarmas holda tutib turish. Buning uchun ub kuchlanish olinadi, uning qiymati rostlanuvchi kattalik ug kuchlanish bilan bir xil qilib olinadi, chunki generator nominal kuchlanish ugnom ishlab chiqarganda u=ubutb=>0 bo‘lishi kerak. Yuklama Ryu o‘zgarishi bilan generator kuchlanishi ug ham o‘zgaradi, buning natijasida teskari bog‘lanish kuchlanishi utb ham o‘zgarib u=ubutb kuchlanish hosil bo‘ladi.
Agar u=ubutb ishorasi musbat (+) bo‘lsa, ya’ni rostlanuvchi kattalik ug o‘z nominal qiymati ugnom kichik bo‘lsa, unda u signal EMKning ikkinchi boshqarish chulg‘ami BCH1 da BCH2 dagi magnit oqimiga mos yo‘nalgan magnit oqimi hosil qiladi. Buning natijasida BCH1 va BCH2 chulg‘amlardagi magnit oqimlari qo‘shilib EMKning boshqaruvchi kattaligi uu ko‘tarilishiga olib keladi. EMK esa generatorning qo‘zg‘atuvchi chulg‘amiga QCH qo‘zg‘atuvchi rolini o‘taydi. Va oxir oqibatda generator kuchlanishi ug nominal qiymat ugnom ga teng bo‘ladi. Agar u=ub utb manfiy ishoraga ega bo‘lsa, unda EMKning BCH1 va BCH2 chulg‘amlaridagi magnit oqimlari qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lib, EMKning ishlab chiqargan kuchlanishi uu kamayishiga olib keladi.
Endi bu sistema boshqarish sistemasi ekanligini isbotlaymiz. Buning uchun boshqarishga muvofiq keluvchi 4 bosqichlarni aniqlaymiz (1.3-rasm).
I – BM. – ug = const bo‘lishi kerak;
II – BTA – utb = var o‘zgarishi;
III – T.S. va QQQ - u=ub – utb hosil bo‘lishi;
IV – QQQB – kuchaytirgich va EMK yordamida amalga oshiriladi.

1.3 - rasm. Boshqarish sistemasining strukturali ko‘rinishi


Ko‘rilayotgan sistemaning ishlash prinsipiga ko‘ra, uning funksional sxemasini tuzamiz (1.4-rasm).
1.4-rasm. Boshqarish sistemasining funksional sxemasi


Download 16.53 Kb.
  1   2   3   4




Download 16.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Amaliy mashg‘ulot Avtomatik boshqarish sistemalari, ularning prinsipal va funksional sxemalari

Download 16.53 Kb.