|
Qidiruv tizimlariga va kataloglarga ro’yxatga o’tish orqali reklamaBog'liq 1-Amaliy mashg ulot Biznesda axborot tizimlari asoslari. AxboroQidiruv tizimlariga va kataloglarga ro’yxatga o’tish orqali reklama.
Katalog – bu
tovarlarni topishga oson bo’lishi uchun bir tartib qilib yig’ilgan va spravochnik ko’rinishida
chiqarilgan nashr. Kataloglar odatda bir necha katalog ostilarga bo’linadi, ular esa o’z
navbatida direktivalarga ajratiladi. Bunday kataloglarda ro’yxatdan o’tish uchun kerakli
ularning WEB saxifasida ko’rsatilgan amallarni bajarish kerak.
Elektron savdo- sotiqning barqarorligi ko’p xollarda axborot oqimining doimiyligi
bilan aniqlanadi.
Firma Internet orqali elektron savdo- sotiq bilan shug’ullansa, unda bu firma o’zining
raqobatbardoshligini oshiradi. SHu bilan bir qatorda firmaning xizmat ko’rsata olish
chegaralari ancha kengayadi.
Interaktiv biznesni qullab-quvvatlanishini asosiy faktori sifatida kelishuvlarni va
moliyaviy operatsiyalarni bajarish uchun juda kam vaqt ketadi.
Internet – logistika
Logistika qo’yidagi oqimlar bilan ishlaydi.
Tovar ko’rinishida maxsulotlar oqimi yoki material oqim
Xizmatlar oqimi
Axborot oqimi
Turistlar oqimi
Ishchi kuchi oqimi
Bank maxsulotlari oqimini, sug’urta oqimini, invistitsion oqimini o’z ichiga
oluvchi moliyaviy oqim .
Biznes-logistika yuqorida aytilgan oqimlarni boshqaradi. Boshqacha qilib aytganda,
berilgan vaqtda aniq tovarni talab va taklifni koordinatsiya qilish va xarakatiga yordam
beruvchi su’bekti ishining menejmentidir.
Biznes –logistika kontsepsiyasi menejmentning integral quroli sifatida 1960 y.
AQSHda yaratilgan. SHu yo’l bilan logistika fani , biznes-logistikani tariflovchi amaliy ishi
uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi.
Internet rejimida biznes-logistika,
tadbirkor shaxs va kompyuter o’rtasida
birgalikdagi biznes-logistika amallari asosidagi logistikani tashkil qiladi.
Bunday
logistika “Internet biznes-logistika” yoki qisqa qilib “Internet -
logistika” deb ataladi.
Internet
logistikaga
kompyuter, protsessor va internet yaratilganda asos
solingan.
Mikroprotsessor texnikasining rivojlanishi va ularni mamlakatlarda iqtisod sohasiga
kirib kelishi axborot-kompyuter texnologiyalarining revolyutsiyasiga asos bo’ldi. Bugungi
kunda elektron axborot bozor iqtisodining asosiy elementiga aylandi. Internet
ma’lumotlar bazasi va banklarini, elektron shartnomalar tizimi va standartlarini yaratishga
muljallangan.
|
| |