Elektron tijorat va elektron to’lov tizimi Elektron savdo- sotiqning yaratilishiga 1970 yilda AQSH da ma’lumotlarni kompyuter
tarmoqlarida elektron ko’rinishda - EDI(Electronic Data Exchange) va banklar orasida
pullarni elektron almashishning paydo bo’lishi asos bo’ldi.
Internetni rivojlanishi xamma savdo- sotiq bilan shug’ullanadigan firmalarning hamda
mijozlarning bu texnologiyaga bulgan qiziqishi tezda ortdi. Internet sub’ekt darajasida
elektron savdo-sotiqni rivojlanishiga olib keldi. Kichik korxonalar va shaxslar, o’zlarining
tijorat kelishuvlari va boshqa turdagi operatsiyalarini elektron rejimda, yaьni aniq vaqt (on-
line) rejimida – pul almashtirish bankomatining ishlash rejimida olib borishadi. Bankomat
bilan prossing markaz o’rtasida bo’ladigan hamma operatsiyalar va xisob raqamlar
bo’yicha tranzaktsiyalar real vaqt birligida amalga oshiriladi.
Elektron savdo- sotiq asosida yangi savdo- sotiq korxonalarini –elektron dukonlarni
yaratmoqda, rakobatning kattaligi sababli ularda yangi turdagi xizmatlar va tovarlar paydo
bo’lmoqda.
Elektron savdo- sotiq asosiy momenti bo’lib tovarlarni Internetda aylanishi
xisoblanadi.
Tovarning aylanishi , uni sotishga muljallangan tuliq kompleks tadbirlar asosida
amalga oshirilishi lozim. Ular axborotni ishlab chiqish va ishlatish, reklama tadbirlari va
shunga o’xshash tadbirlardir.
Tovarning Internetda aylanishining quyidagi usullari bor
Bannerlar orqali reklama
Offlayn reklama
Qidiruv tizimlariga va kataloglarga ro’yxatga o’tish orqali reklama Bannerlar
orqali reklama. Banner (inglizcha banner – katta xarflar bilan yozilgan sarlavxa) reklama
beruvchining WEB-saxifasi bilan giperssilka orqali bog’langan aniq ko’rinishga ega
rasmdir. Bannerlarning qo’yidagi o’lchovlari keng tarqalgan: 468x60, 400x50, 88x31.
Offlayn reklama. Offlayn reklama bu Internet- kompaniyalarning tovarlarini radio
orqali reklama qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, Internet- kompaniyalar o’zining ishlash
jarayonida o’z eьtiborlarini asosan radio, televizion, bosma reklamaga qaratishadi. YAngi
elektron markani yaratish va firma imidjini orttirish uchun radioreklama juda xam mos
xisoblanadi. Sababi radioreklama auditoriyasida 35-55 yoshgacha bo’lgan insonlar sanaladi.