2-Amaliy mashgʻulot: Axborot texnologiyalari yordamida raqobat. Strategik
ustunlik uchun axborot texnologiyalardan foydalanish.
Reja:
1. Strategik axborot tizimlari.
2. Raqobat strategiyasi tushunchalari
3. Axborot texnologiyalardan strategik foydalanish
Ishning maqsadi:
a) Talabalarga axborot texnologiyalari yordamida raqobat tushunchalarini etkazish;
b) Talabalarga raqobat starategiyasi tushunchasini o’rgatish.
c) strategik ustunlik uchun axborot taxnologiyalaridan samarali foydalanishni o’rgatish.
Nazariy ma’lumotlar:
Raqobat strategiyasi tushunchalari
Axborot tizimlarining ushbu strategik roli jahon bozorida
uchraydigan raqobatchi
kuchlarga nisbatan kompaniyaga ulkan
ustunlik beradigan mahsulotlar,
xizmatlar va
imkoniyatlarni ishlab chiqish uchun axborot texnologiyalaridan
foydalanishni taqozo
etadi.Ushbu rol strategik axborot arxitekturasi yordamida amalga oshiriladi: tijorat korxonani
raqobatdagi o‘rni va strategiyasini qo‘llab quvvatlovchi yoki shakllantiruvchi strategik axborot
tizimlari majmuasi.
Raqobat biznesdagi ijobiy xarakteristika hisoblanadi va u tabiiy, sog‘lom muhitda va
toza kechadi. Bu esa bozorda raqobat ustunlikka ega bo‘lish uchun doimiy kuchayishni talab
etadi. Ushbu raqobat kuchi firma tomonidan ko‘plab resurslarni sarf qilishini taqozo etadi. Har
bir yangi qo’shilgan biznismen birinchi ancha qiynaladi. Chunki
avvaldan raqobat olib
borayotgan kompaniyalar uni siqib chiqarishga harakat qiladi. Ana shunda yangi qo’shilgan
biznesmen bu holatdan chiqib ketsa u ancha yuksaladi va ishlari yurishib ketadi. Mana nima
uchun kerak raqobat. Yangi qo’shilgan biznesmen to’gri qiynaldi
lekin shu qiyinchilikka
chidashni o’rganadi.
Kompaniyalar bozorda toʻqnashishi mumkin boʻlgan
raqobat kuchlariga qarshi
ustunlik strategiyalarini ishlab chiqishlari mumkin.
•