olib keladigan mahsulotni ishlab chiqarish, tarqatish va xizmat ko‘rsatish
biznes
jarayonlarida radikal o‘zgarishlarni amalga oshirishni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
•
O‘sish strategiyasi. Tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
kompaniya quvvatini keskin kengaytirish,
hamda global bozorga chiqish, yangi
mahsulotlar ishlab chiqish va yangi xizmatlar ko‘rsatish yoki hamroh tovarlar va
xizmatlarga integratsiyalash.
•
Strategiyalar alyansi.
Mijozlar, ta’minlovchilar, raqobatchilar va boshqa
kompaniyalar bilan birga yangi ishchi aloqalar va ittifoqlarni o‘rnatish. Bu esa virtual
kompaniyalarni paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ushbu strategiyalar bir-birini inkor etmaydi. Tashkilotlar raqobat kuchlarining
darajasiga qarab bitta, bir nechta yoki barcha strategiyalardan foydalanishlari mumkin.
Axborot texnologiyalaridan strategik maqsadlarda foydalanish
Raqobat ustunligiga ega bo‘lish uchun ushbu beshta asosiy strategiyalarini har birini
amalga oshirishda strategik axborot tizimlaridan foydalanadigan
konkret kompaniyalar
misollari keltirilgan. Internet texnologiyalaridan asosan elektron biznes va elektron tijorat
dasturiy ilovalari foydalanilgan.