|
Ma’lumotlarni hajmini kamaytirish vositalari (arxivatorlar)
|
bet | 4/5 | Sana | 13.09.2024 | Hajmi | 49 Kb. | | #271026 |
Bog'liq 1.1-amaliy mashg\'ulotMa’lumotlarni hajmini kamaytirish vositalari (arxivatorlar). Arxivlar fayllar yaratish uchun mo'ljallangan. Ma’lumotlarni arxivlash, ularni fayllar va kataloglarning katta guruhlari bir arxiv fayliga keltirilishi hisobiga saqlashni soddalashtiradi. Bunday arxiv fayllarida, odatda, axborot yozish yuqori zichlikda bo'lishi hisobiga axborot tashuvchidan foydalanish samarasi oshadi. Arxivatorlardan ko'p hollarda qimmatli ma’lumotlardan zaxira nusxalari yaratish uchun foydalaniladi.
Ko'rib chiqish va qayta tiklash vositalari. Odatda, ma’lumot fayllari bilan ishlash uchun ularni bu fayllar yordamida tuzilgan "ota-ona" amaliy tizimga yuklash kerak. Bu esa hujjatlarni ko'rib chiqish va ularga o'zgartirishlar kiritish imkonini beradi. Ammo tahrirsiz faqat ko' rib chiqish talab qilingan hollarda turli tipdagi hujjatlarni ko'rib chiqish imkonini beruvchi ancha sodda va universal vositalarni ishlatish qulaydir. Ovozni yoki tasvirni yozish hamda ayrim hollarda esa ko'rib chiqish termini o'rniga hujjatlarni qayta tiklash termini qo'llaniladi.
Diagnostika vositalari dasturiy va apparat ta’minotlari diagnostika jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan. Ular zarur bo'lgan tekshirishlarni o'tkazadi, to'plangan axborotni qulay va ko'rgazmali shaklda chiqarib beradi. Ulardan faqat nosozliklarni bartaraf etish uchungina emas, balki kompyuter tizimini optimallashtirish uchun ham foydalanadilar.
Nazorat (monitoring) vositalari. Nazoratning dasturiy vositalari monitoring deb ataladi. Kompyuter tizimida ro'y berayotgan jarayonlarni kuzatish imkonini beradi. Bunda ikki xil yondashuv bo'lishi mumkin. Bular: realvaqt rejimida kuzatuv va maxsus-bayon fayli natijalariga yozib borib nazorat qilish. Birinchi yondashuvdan, odatda, hisoblash texnikasi ishini optimallashtirish va uning samaradorligini ko'tarish yo'llari izlanayotganda foydalaniladi. Ikkinchi yondashuvni monitoring avtomatik va masofadan turib amalga oshirilayotganda ishlatadi. Keyingi holda monitoring natijalarini uzoqda joylashgan texnik qo'llab- quvvatlash xizmatiga dasturiy va apparat ta’minotlari ishidagi nizolarining sabablarini bartaraf etish uchun berish mumkin.
|
| |