|
1-amaliy mashg’ulot Mavzu: aktda kasb ta’limi bo’yicha foydalaniladigan dasturiy vositalar Matn muharrirlari
|
bet | 2/5 | Sana | 13.09.2024 | Hajmi | 49 Kb. | | #271026 |
Bog'liq 1.1-amaliy mashg\'ulotElektron jadvallar. Elektron jadvallar turli tipdagi ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish uchun mo'ljallangan kompleks vositalardan iborat. Ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bilan qaysidir darajada o'xshash, ammo bunda asosiy urg‘u ma’lumotlarning massivlarini saqlash va ularga qo'llashni ta’minlashga emas, balki ma’lumotlarni ichki mazmuniga muvofiq ravishda qayta tashkil qilish, o'zgarish tomonga ko'chgan.
Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari (ALT). Mazkur tizimlar loyiha-konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan. Mashinasozlik, asbobsozlik, me'morchilikda qo'llaniladi. Chizmachilikgrafik ishlardan tashqari, ushbu tizimlar eng sodda hisob-kitoblar, masalan, detallarning mahkamligi haqidagi hisob-kitoblarni va ma’lumotlarning keng bozorlaridan tayyor konstruktiv elementlarni tanlash imkonini beradi.
Doimiy nashriyot tizimlari. Bu toifa (sinf) dasturlarining vazifasi matbaa nashrlarini sahifalash jarayonini avtomatlashtirishdan iboratdir. Dasturiy ta’minotning bu sinfi matn protsessorlari va avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari o'rtasidagi oraliqni egallaydi.
Ekspert tizimlari. Bu tizimlar bilimlar bazasida mavjud bo'lgan ma’lumotlarni tahlil qilish va foydalanuvchilarning so'rovlariga ko'ra, tavsiyalar berishga mo'ljallangan. Bunday tizimlarni boshlang‘ich ma’lumotlar yaxshi shakllanayotgan (formallashayotgan), ammo qaror qabul qilish uchun keng miqyosdagi maxsus bilimlar talab qilingan hollarda qo'llaniladi. Ekspert tizimlari ishlatiladigan o'ziga xos sohalarga huquqshunoslik, tibbiyot, dorishunoslik va kimyo kiradi. Kasallik belgilarini yig‘indisiga ko'ra, ekspert tizimlarda tashxis qo'yish, dori-darmonlar, ularning dozasi (miqdori)ni va davolash kursining dasturini belgilashga yordam beradi. Voqea belgilarining yig‘indisiga ko'ra, huquqiy tizimlar unga huquqiy baho berish, ayblovchi tomonda bo'lganidek, himoya tomonda ham harakat qilish tartibini taklif qilishlari mumkin.
HTML muharrirlari (Web-muharrirlari). Bu o'zida matn va grafik muharrirlarining xususiyatlarini birlashtiruvchi muharrirlarning alohida toifasidir. Ular Web hujjatlar (Internetning Web-sahifalari) deb ataluvchi hujjatlarni tuzish va tahrir qilishga mo'ljallangan. Web hujjatlar elektron hujjatlar bo'lib, ularni tayyorlashda Internetdan axborotni qabul qilib olish va uzatish bilan bog‘liq bo'lgan amallarni bajaruvchi elektron hujjatlardir.
|
| |