• 6. Qonning tomirlarda xarakatlanishining boshqarilishi. 7. Limfa tomirlar sistemasi. Tayanch iboralar
  • Qon oqishining fizik qonuniyati. Yurak qon
  • 11-mavzu. Qon tomir tizimi fiziologiyasi reja: Qon oqishining fizik qonuniyati. Arteriya qon bosim va arteriya pulьs




    Download 284,13 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana26.09.2024
    Hajmi284,13 Kb.
    #272498
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    11-мавзу маъруза



    11-MAVZU. QON TOMIR TIZIMI FIZIOLOGIYASI 
    REJA: 
    1.Qon oqishining fizik qonuniyati. 
    2. Arteriya qon bosim va arteriya pulьs. 
    3. Arteriyalarda qon oqish tezligi. 
    4. Kapillyarlarda qonning xarakatlanishi. 
    5. Venalarda qonning xarakati. 
    6. Qonning tomirlarda xarakatlanishining boshqarilishi. 
    7. Limfa tomirlar sistemasi. 
     
    Tayanch iboralar:
    katta qon aylanish doirasi, kichik qon aylanish doirasi, 
    arteriya bosim, arteriya puls, puls bosim, limfa. 
    Qon oqishining fizik qonuniyati. 
    Yurak qon
     
    tomir sistemasining funktsianal sinflanishi. 
    Yurak qon tomir 
    sistemasini funktsional sinflashni bosimlar farqiga qarab bo’lingan. 
    Yukori bosimli
    va 
    past bosimli
    sohalar. Yuqori bosimli sohalarga: chap qorincha, yirik arteriyalar, 
    o’rta va kichik diametrli arteriyalar, arteriolalar. Past bosimli sohalarga - qolgan 
    qismlar (kapillyarlardan to chap bo’lmachagacha) kiradi.
    Shved fiziologi B.Folkov ketma-ket ulangan qismlarni quyidagicha 
    sinflaydi.
    1. Yurak-nasos vazifasini bajarib, qonni tomirlarga ritmik ravishda xaydab 
    beradi. Bosim sistolada 120 mm sm ust, diastolada esa 0 ga teng bo’ladi. 
    2. Elastik tipdagi tomirlar- katta qon aylanish doirasida aorta va yirik 
    arteriyalar, kichik qon aylanish doirasida o’pka arteriyasi va uning tarmoqlari 
    kiradi. Kompressor kamera ham deb ataladi. Bu tomirlar elastik tolalardan tashkil 
    topgan bo’lib, qon tomirlarda qonning uzluksiz harakatini, hamda diastola vaqtida 
    bosimni pasayib ketmasligini ta’minlaydi. Bu qismlarda bosim 120/80 ga teng. 
    3. Yuqori qarshilikka ega tomirlar 
    (rezistiv tomirlar)
    prekapillyar va 
    postkapillyar tomirlar kiradi (arteriola va venulalar). Bu tomirlarda muskul qavati 
    yaxshi rivojlangan. Bosim 30-60 mm sm ust teng. Qon tomirdagi bosimning 
    sistolik va diastolik to’lqini yo’qoladi
    4. Prekapillyar-jo’mrak tipidagi tomirlar (sfinkterli tomirlar)-mayda 
    arteriolalar kirib, umumiy qon aylanishiga qarshilik ko’rsatadi. Silliq muskul 
    tolalarining qisqarishi tomirlar teshigini to’sib, bo’shashganda esa ochib qo’yib, 
    kapillyarlarda qon oqishini va moddalar almashinuvini boshqaradi. 
    5. Almashinuv tomirlar-xakikiy kapillyarlar. Bu yerda qon to’qimalar bilan 
    yaqinlashadi. Shu yerda yurak qon tomir sistemasi o’zining vazifasini bajaradi. 
    Yaьni to’qima va qon orasida gazlar va moddalar almashinuvi sodir bo’ladi. 
    6. Shuntlovchi tomirlar (arterio-venoz anastamozlar)-ayrim to’qimalarda 
    yo’q bo’lib, qon arterial tomirlardan venoz tomirlarga kapilyarlarga tarmoqlanmay 
    o’tadi. 
    7. Sig’imli tomirlarga-venalar kiradi. Cho’ziluvchanlik hossasiga ega bo’lib, 
    70-80 % qon tipidagi tomirlarda bo’ladi. 


    Ammo bu sinflanishi ayrim terminologik va ma’no jihatidan 
    kamchiliklardan holi emas. Masalan «rezistiv» va «sig’im» tipidagi tomirlar 
    tushunchalari. Arteriolalar ham venulalar ham qarshilik ko’rsatadi. Sig’im tipidagi 
    tomirlar–arterial va venoz sistemada ma’lum miqdorda qon bo’ladi. Ayrim 
    mualliflar bunga barcha venoz sistemasini kiritsa, ayrimlari venula va kichik 
    venalarni kiritadilar. «Prekapilyar» jo’mrak tipidagi tomirlar degan ibora ham 
    unchalik o’rinli qo’llanilmagan. Venoz tomirlarda ham silliq muskulli jo’mrak 
    vazifasini bajaruvchi tolalar bor. Limfa sistemasi to’g’risida umuman 
    to’xtanilmagan. 
    Yuqoridagi muloxazalarni hisobga olib B.I.Tkachenko yurak-qon tomir 
    sistemasi qismlarini funktsional sinflanishni boshqacha taklif qildi: 
    1. Bosim generatori va qonni

    Download 284,13 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 284,13 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-mavzu. Qon tomir tizimi fiziologiyasi reja: Qon oqishining fizik qonuniyati. Arteriya qon bosim va arteriya pulьs

    Download 284,13 Kb.
    Pdf ko'rish