Venalarda qon oqishining chiziqli tezligi arteriyalardagiga qaraganda
kamroq. Buning boisi shuki, venalar arteriyalarga qaraganda 2—3 baravar
kengroq, bu esa, gemodinamika qoiulariga ko’ra. Vena pulsi bilan
elektrokardnogrammaning sinxron (bir vaqtda) yozuvi (izohi tekstda).
qonning sekinroq oqishiga sabab bo’ladi. Urtacha kalibrli
periferik venalarda
qon oqish tezligi 6 dan 14 sm/sek gacha; kavak venalarda 20 sm/sek ga yetadi.
Qon aylanish katta doirasining venalarida kon yurish sababi chap
qorinchaning qisqarish kuchigina emas (qon oqishiga qarshilik juda katta bo’lgan
arteriolalar va kapillyarlardan qon o’tganda chap qorin chaning qisqarish kuchi
talaygina sarf bo’ladi); bundan tashqari, qo’shimcha faktorlarning ham ahamiyati
bor. Bu faktorlardan biri shuki, venalar endoteliysida (kavak venalar,
qopqa vena
sistemasi va venulalardan tashqari) burmalar hosil bo’ladi, bular qonni faqat yurak
tomonga o’tkazuvchi haqiqiy klapanlardir. Modomiki shunday ekan, venalarni
qisib qonni yurgiza oladigan har qanday kuch venalarda qon yurishiga yordam bera
oladi; venalarda klapanlar borligidan qop teskarioqaolmaydi.
Venalarda qon oqish tezligi.
Venalarda qon yurishiga yordam beradigan
qo’shimcha kuchlar asosan ikkita: 1) ko’krak qafasining so’ruvchi ta’siri; 2) skelet
muskullarining qisqarishi. Ko’krak qafasining so’ruvchi ta’siri yuqorida ko’rib
o’tilgan edi; u venalarda qon oqishiga (ayniqsa nafas olish paytida) yordam beradi.
Skelet muskullari venalarda qon aylapishiga shu bilan yordam beradiki, ular
qisqarganda ichidagi va yonidagi venalarni qisadi. Venalarda qon bosimi past
bo’lgani uchun ularni muskullar qisganda ichidagi
qon yurak tomonga siqilib
chiqadi (qonning teskari oqishiga klapanlar xalaqit beradi). Shuning uchun ritmik
harakatlar (masalan, odam o’tin arralaganda, yurganda) nasos singari ta’sir etib,
venalarda qon yurishini tezlatadi. Statik ish (ya’vi venalarning uzoq qisqarib
turishiga sabab bo’ladigan ish — muskullarning uzoq qisqarishi) venoz qoi
aylanishiga to’sqinlik qiladi.
Vena pulsi.
Mayda va o’rtacha venalarda qon bosimining puls tebranishi
yo’q. Yurak yaqinidagi yirik venalarda esa arterial pulsga qaraganda boshqa sabab
bilan kelib chiquvchi pulьs tebranishlari —
vena pulsi
qayd qilinadi. Bo’lmalar
bilan qorinchalar sistolasivaqtida yurakka qon kelishining
qiyinlashuvi vena
pulsiga sabab
ko’ta,riladi va devorlari tebranadi. Bo’yintiriq venaoi (V. zii1ag15) pulsini yozib
olish hammadan qulay.
Vena pulsining egri chizig’i —
flebogrammada
— uchta tish farq qilinadi: a,
s va
V.
a
tishi o’ng bo’lma sistolasiga to’g’ri keladi. Uning kelib chiqish sababi
shuki, bo’lma sistolasi vaqtida kavak venalarning’ bo’lmaga quyiladigan joyidagi
teshik muskul to.lalari halqaei bilan qisiladi, shu tufayli venalardan bo’lmag’a qon
o’tishi vaqtincha to’xtaydi. Shu yeababli bo’lmalarning har bir sistolasida yirik
venalarda qon picha yurishmay turadi, shuning orqasida devorlari cho’ziladi.
Bo’lmalar diastolasi vaqtida ularga qon bemalol o’tadi va shu payt vena pulьsining
egri chizig’i birdaniga pasayadi. Ha demay, vena pulsining egri chizig’ida kichkina
s
tishi paydo bo’ladi. U bo’yintiriq venasining
yonida urib turgan uyqu
arteriyasining turtkisidan kslib chiqadi.
s
tishidan so’ng egri chiziq
pasayaboshlaydi va u yangidai ko’tariladi —
V
tishi paydo 'bo’ladi.
V
tishining
kelib chiqishiga sabab shuki, qorinchalar sistolasshGing oxirida bo’lmalar qonga
to’lganligi va ularga yana qon kira olmagani uchun venalarda qon dam.lanib qolib,
ularning devorini cho’zadi.