11-mavzu. Qon tomir tizimi fiziologiyasi reja: Qon oqishining fizik qonuniyati. Arteriya qon bosim va arteriya pulьs




Download 284,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana26.09.2024
Hajmi284,13 Kb.
#272498
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-мавзу маъруза

Arteriyalarda qon oqish tezligi. 
Yuqorida ko’rsatilganidek, qon oqishining hajm tezligi bilan chiziqli 
tezligini ajratishadi. 
Hajm tezligi, 
boshqacha aytganda qon oqishining miqdori 
gavdaning turli organlarida turlicha bo’lib, shu organda tomirlar to’ri qanchalik 
rivojlanganligiga va organizmning ishiga bog’liq. 
Organlar ishlayotganda tomirlari kengayadi va, binobarin, ulardagi qarshilik 
kamayadi. Tomirlarning bunday mahalliy kengayishi qonning umumiy bosimini 
kam o’zgartirgani uchun, ishlayotgan organ tomirlaridagi qoniing hajm tezligi 
ortadi
Tomirlarda qon oqishining hajm tezligini va chiziqli tezligini o’lchash uchun 
bir necha usul taklif qilingan. Ularning barchasi ancha murakkab bo’lib, odamda 
gemodinamikaning bu muhym ko’rsatkichini tekshirishga yaramaydi. Qon oqish 
tezligini tekshirishning barcha usullarida arteriyani ochib, unga turli qurilmalarni 
o’rnatishga to’g’ri keladi. Masalan, eng aniq zamonaviy usullardan biri — 
ultratovush usulida arteriyaga bir-biridan uncha uzoq bo’lmagan masofada ikkita 
kichik pezoelektr plastinkasi o’rnatiladi, bular esa mexanik tebranishlarni elektr 
tsbranishlarga va, aksincha, elektr tebranishlarni mexanik tebranishlarga aylantirib 
beradi. Nlastinkalarning biriga yuqori chastotali elektr kuchlanish bsriladi. Bu 
kuchlanish ulьtratovush tebranishlariga aylanib, ikkinchi plastinkagacha qon bilan 
tarqaladi. Ikkinchi plastinka ana shu tebranishlarpi qabul qilib, ularpi yuqori 
chastotali elektr tebranishlariga aylantiradi. Ultratovush tebranishlari qon oqimi 


orqali birinchi plastinkadap ikkipchisiga qancha tez tarqalishini va teskari — qon 
oqimiga qarshi, ya’ni ikkinchi plastinkadan birinchi plastinkaga qancha tez 
tarqalishini aniqlab, qon oqish tezligini hisoblab chiqarish mumkin. Qon oqish 
tezligi qancha yuqori bo’lsa ultratovush tebranishlari bir yo’nalishda o’shancha tez 
va teskari yo’nalishda o’shancha sekin tarqaladi. 
It va maymunlarda aortada qon oqishining o’rtacha chiziqli tezligi qariyb 
30—40 
sm/sek. 
Yurakdan qon tez haydalgan vaqtda bu tezlik 1 
m/sek 
ga yetadi, 
diastola oxirida esa deyarlik 0 
sm/sek 
ga tushadi. Odam yuragidan haydalayotgan 
qonning minutlik hajmi va aorta diametri ma’lum bo’lsa, aortada qon oqishining 
chiziqli tezligini hisoblab chiqarish mumkin. 

Download 284,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 284,13 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-mavzu. Qon tomir tizimi fiziologiyasi reja: Qon oqishining fizik qonuniyati. Arteriya qon bosim va arteriya pulьs

Download 284,13 Kb.
Pdf ko'rish