Gidrodinimika qonunlariga ko’ra har qanday nay orqali o’tayotgan suyuqlik
xajmini (Q), nayning boshlanishidagi (R
1
), oxiridagi (R
2
) bosimlar farqiga to’g’ri
proportsional bo’lib, quyidagi qarshilikka (R) teskari proportsionaldir.
P
1
-P
2
Q= --------
R
Agar bu tenglamani inson qon tomir sistemasiga qo’llansa, ya’ni tomirlar
oxirida, kovak venalar sohasida nolga teng. Bu xolda tenglamani quyidagicha
ifodalalash mumkin:
R
Q = ----
R
bu yerda: Q - bir minutda yurakdan xaydalib chiqqan qon miqdori, R-
aortadagi o’rtacha bosim, R-tomirlarni ko’rsatadigan qarshiligi.
Bu tenglamadan
kelib chiqadigon: R=Q-R ya’ni aortadagi bosim (R) yurakdan bir minut davomida
otilib chiqayotgan qon xajmiga(Q) va periferik qarshilikka (R) to’g’ri
proportsional. Bu ikki ko’rsatkichni bilgan xolda umumiy periferik qarshilikni
aniqlash mumkin. Tomirlarning periferik qarshiliklari, har bir tomirning
qarshiliklari yig’indisiga teng. Tomirlarni nayga qiyos qilib, uning qarshiligini
(R)Puazeyl formulasi yordamida aniqlash mumkin:
4
8
Пr
l
R
bu yerda:
L-nayning uzunligi, η-naydan oqib o’tayotgan suyuqlik
qovushqoqligi, π-o’zgarmas kattalik (3,14) aylanani diametrga nisbati, r-nayning
radiusi.
Tomirlar sistemasi juda ko’plab naylardan iborat bo’lib, ularni bir biri bilan
ulansa, summar qarshiligi, har bir nayning qarshiliklari yig’indisiga teng:
R=R
1
+R
2
+R
3
+…+R
4
Tomirlarni parallel ulab chiqilganda ularning qarshiliklari yig’indisini
quyidagi formula bilan hisoblash mumkin:
1
R= -------------------------------
1
/R
1
+1
/R
2
+1
/R
3
+
…+
1
/R
4
Bu formula yordamida tomirlarning qarshiligini aniqlash mumkin emas,
chunki tomirlar diametri muskullarning qisqarishi hisobiga o’zgaruvchan. Qonning
qovushqokligi ham doimiy emas; masalan qon diametri 1
mm dan kichik
tomirlardan o’tayotgan bo’lsa, uning qovushqoqligi ozayadi. Chunki tomirdan qon
o’tayotganda uning markazida shaklli elementlar joylashgan bo’ladi.
Tomirlar sistemasining deyarli barcha qismlarida qon oqimi laminar
harakatga ega. Tomirlarga parallel holda qon qavat-qavat bo’lib joylashib
harakatlanadi. Bunda tomir devorlariga yaqin joydagilari deyarli harakatlanmaydi,
unga nisbatan, ikkinchi qavati unga nisbatan uchinchi qavati va x,k, shaklli
elementlari markazda
tezroq harakatlanadilar, plazma esa tomir devoriga yaqin
harakatlanadi. Qon oqish tezligi qon tomirlarida turlicha: aortada 40 sm/sek,
arteriyalarda-40 dan 10 gacha, arteriolalarda 10 dan 0,1 gacha, kapilyarlarda 0,1
dan kam, venulalarda 0,3 dan kam, venada 0,3-5 kovak venul 5-20 sm/sek.
Tomirlarda laminar oqimdan tashqari yana turbulent (girdobli) oqim ham
mavjud. Turbulent oqim arteriyalarni toraygan joylarida, hamda o’tkir burilgan
joylarida uchraydi.
Gemodinamikaning asosiy ko’rsatkichlari bo’lib: xajm tezligi qonni aylanib
chiqish vaqti va tomirlarning har xil qismlarida bosimlar farqi hisoblanadi.
Qonning xajm tezligi-bir minutda aorta yoki kovak venalar orqali va o’pka
arteriyasi yoki o’pka venalari orqali o’tgan qon xajmi bir xil. Yurakdan
chiqayotgan qon miqdori unga kelayotgan qon miqdoriga teng.
Qon oqishining chiziqli tezligi.
Chiziqli tezlik
qon zarralarining tomirda
siljish tezligini ifodalaydi va mm/sek larda (sm) (sek) o’lchanadi.
CHiziqli tezlik (V) xajmi tezligining (Q) qon tomir ko’ndalang kesimi
umumiy yuzasiga bo’linganiga teng:
2
Пr
Q
V
Bu formula yordamida topilgan tezlik-o’rtacha tezlikdir. Oqimning
markazida chizikli tezlik maksimal, tomir devori ishkalanishi kuchli bo’lganligi
uchun minimaldir. Aortada 50-70 sm/sek. Kapillyarlarda -0,05 sm/sek.
Arteriyalarda 20-40 sm/sek, arteriolada -0,5 sm/sek. Venalarda chiziqli tezlik yana
ortardi 25-30 sm/sek.
Qonni aylanib chiqish vaqti.
Qon zarralarini katta va kichik qon aylanish
doirasini aylanib o’tishi uchun zarur bo’lgan vaqtga
qonni aylanib chikish vaqti
deb ataladi. Issiq qonli hayvonlarda 27 sistolani tashkil qiladi. Agar odam yuragi
minutiga 70-75 marta qisqarganda qon butun gavdani 20-23 sekundda aylanib
chiqadi. Lekin shuni unitmaslik kerakki qon tomiri o’qi bo’ylab oqish tezligi uning
devori oldidagi tezlikka qaraganda yuqoriroq. Qon tomirlarining devorlari ham
turlicha, bundan tashqari ularning uzunligi ham har xil. Demak, qonning hammasi
gavdaning barcha qon tomirlarini shunday tezlik bilan aylanib chiqavermaydi.
Qolaversa ma’lum miqdordagi qon qon depolarida ham bo’ladi.