Limfa tomirlar sistemasi.
Odam va issiq qonli xayvonlarni limfa tizimi quydagi tuzilmalardan tashkil
topgan: 1) bir tomoni berk va barcha to’qimalarni ichiga kirib boruvchi limfa
kapillyarlari; 2) az’olar ichidagi kapillyatlardan keyingi va mayda klapanli limfa
tomirlari; 3) yo’lida limfa tugunlari bor, asosiy limfa yo’llariga quyiladigan
a’zodan tashqaridagi limfa tomirlari; 4) bo’yn venalariga quyiluvchi asosiy o’ng
va ko’krak yirik limfa yo’llari. Limfa kapillyarlari va post kapillyarlarda
gidrostatik va kollidliosmotik bosim gardientlarini o’zgarishi natijasida limfa xosil
bo’ladi.
Limfani xosil bo’lishi.
Limfa to’qimalardan qon tomir tizimiga qayta
quyiladigan suyuqlik xisoblanadi. Qon kapillyalaridan xujayra laroro bo’shliqqa
suyuqlikni filtirlanishi qayta so’rilishidan ustun bo’lsa, to’planib qolgan to’qima
suyuqligidan limfa xosil bo’ladi. Suyuklikni kapillyardan chiqishi va qaytib
kirishini gidrostatik va osmotik bosimlarni munosabati belglaydi. Osmotik bosim
plazmani qon kapillyari ichda ushlab qolishga, gidrostatik bosim tashqariga
chiqishiga xarakat qiladi. Qop kapillyarlari oqsillarni ma’lum darajada o’tkazib
yuborganligi sababli to’qima suyuqligining osmotik bosimi ortadi.
Natijada to’qima suyuqligida oqsillarni kontsentratsiyasi ortib ular gradient
bo’yicha limfa kapillyarlariga bevosita kiradi.
Limfani tarkibi.
Limfa tarkibiga shaklli elementlar, oqsillar, lipidlar, kichik
molekulyar organik moddalar va anarganik moddalar kiradi. Xujayralardan asosan
limfotsitlar ko’p uchraydi. Boshqa qon xujayralari normada kam uchraydi yoki
uchramaydi. Limfa tarkibida oqsillar va lipidlarni miqdori qon plazmasidan farq
qiladi. Limfani ion tarkibi to’qima suyuqligi va qon plazmasidan farq qilmaydi.
Limfani xarakatlanishi.
Limfani xarakatla -nishi uni limfa kapillyarlarida
xosil bo’lishi bilan boshlanadi. Shu sababli qon kapillyarlaridan suyuqlikni
filtirlanishini tezlatuvchi omillar limfa xosil bo’lishini xarakatlanishi -ni tezlatadi.
Limfa xosil bo’lishini tezla- tuvchi omillarga kapillyarlarda gidrostatik bosimni
ortishi, faol kapillyarlarni umumiy yuzasini ko’payishi, kapillyarlarni o’tkazuvchan
–ligini kuchayishi kiradi. Limfani tomirlarda asosiy xarakatlantiruvchi kuch
limfangionlar xisoblanadi. Ular naysimon limfatik mikro yuraklar xisoblanadi.
Limfangionlar tarkibida limfani faol xarakatlanishi uchun zarur muskuli
rivojlangan “manjetka” va klapanlar bor. Limfa kapillyarlaridan limfani mayda
limfa tomirlariga o’tishi natijasida limfagonlar to’lib devorlari cho’ziladi, natijada
manjetkani silliq tolali muskullari qo’zg’aladi va qisqaradi. Limfagon
devorlaridagi silliq tolali muskullarni qisqarishi uning ichidagi bosimni distal
klapanni yopilishi va proksimal klapanni ochilishi darajasiga ko’taradi. Natijada
limfa keyingi limfagonga o’tadi. Shunday qilib limfa vena tomirigacha xaydaladi.
Limfani xarakatlanishida asosiy omildan tashqari ikkinchi darajali omillar
xam ishtirok etadi. Nafas xarakatlari, diafragmani xarakati, muskulli a’zolarni
faolligini ortishi va boshqalar limfa xarakatini tezlatadi. Limfa tizimini eng muxim
funktsiyasi oqsillarni elektrolitlarni va suvni xujayralararo bo’shliqdan qonga
qaytarish xisoblanadi. Bir sutkada limfa orqali 100 g oqsil qon aylanish tizimiga
qaytariladi. Oshqozon va ichaklardan yog’ limfaga so’riladi. Limfa tizimi
organizm uchun keraksiz to’qimalardagi narsalarni transportida ishtirok etadi.
|