Puls to’lqinlarining tarqalish tezligi, qon oqish tezligiga bog’liq emas. Puls
to’lqinlarining tarkalish tezligi katta yoshli odam aortasida 5,5-8,0 m/sek, periferik
arteriyalarda 6-9,5 m/sek ga teng. Yosh o’tgan sari, tomirlarning elastikligi
kamayishi hisobiga bu tezlik aortada ortadi.
Arterial pulsni yozib olish usuli-
sfigmografiya
deb ataladi. Yozib olingan
sfigmogrammada ikkita asosiy qism: yuqoriga ko’tarilgan-anakrota va pastga
to’shgan katakrota ajratiladi. (rasm). Anakrota yurakdan qonni xaydash davrining
boshlanishida arterial bosim ortishi va tomirlarning cho’zilishidan hosil bo’ladi.
Katakrota qorinchalar sistolasining oxirida, bosim u yerda pasaya boshlaydi
va puls chizig’i pasaya boshlaganda hosil bo’ladi. Diastola vaqtida qorinchalardagi
bosim aortadagidan pasaya boshlaganda qon orqaga qayta boshlaydi. Bu vaqtda
yarimoysimon klapanlar yopilib, egri chiziqda intsizura (chuqurcha) hosil bo’ladi.
Qon to’lqini yarimoy klapanlarga urilib qaytadi va bosim ko’tarilishining
ikkilamchi to’lqinini hosil qiladi, bu to’lqin natijasida arteriyalar devori yana
cho’ziladi. Natijada sfigmogrammada dikrotik (ikkilamchi) ko’tarilish paydo
bo’ladi.
Arterial pulsni paypaslab yoki sfigmografik usul bilan aniqlash yurak qon
tomirlar sistemasining funktsional xolati to’g’risida juda katta ma’lumot beradi.
Eng avvalo yurak urishlar soni, uning ritmi to’g’risida baxo berish mumkin.
Ritmining o’zgarishi fiziologik bo’lishi ham mumkin. Masalan «nafas aritmiyasi»
ayniqsa yoshlarda kuchli rivojlangan nafas olganda puls ko’payishi va nafas
chiqarganda kamayishi.
Yurakning ayrim xastaliklarida puls defitsiti (etishmovchiligi) kuzatiladi.
Yurak urishlari soni puls soni bilan bir xil bo’lmaydi.