Sistolik bosim o’z navbatida: yon va oxirgi bosimlarga bo’linadi. Yon bosim
–tomirlar devoriga beradigan bosimi. Oxirgi bosim ma’lum qon tomir sohasida
harakatlanayotgan qonni potentsial va kinetik energiya yig’indisi hisoblanadi.
Uning kattaligi 110-120 mm sim ust teng.
Yon sistolik bosim oxiri sistolik bosim orasidagi farq zarba bosimi deb
ataladi. U yurak faoliyati va tomirlar devori xolatini anglatadi. Arteriya va
arteriolalar tarmoqlangan oxirgi qismlarida bosim 20-30 mm sim ust teng.
Diastola vaqtida arterial
bosimning pasayishi
diastolik
yoki
minimal bosim
deb ataladi. Uning kattaligi asosan qon oqimi periferik qarshiligiga va yurak
qisqarishlari soniga bog’liq. Sistolik va diastolik bosimlar orasidagi farq
puls
bosimi
deb ataladi. Har bir sistolada otilib chiqqan qon xajmiga puls bosimi
proportsionaldir. Kichik arteriyalarda bu bosim pasayadi, arteriola va
kapillyarlarda esa doimiy bo’ladi.
Sistolik, diastolik bosimlardan tashqari yana o’rtacha
bosim ham farq
qilinadi. O’rtacha bosim sistolik bosim bilan diastolik bosim o’rtasidagi miqdor
bo’lib, qon bosimining puls bosimi bo’lmaganda tabiiy sharoitda o’zgaruvchi qon
bosimi beradigan gemodinamik effektni bera oladi. O’rtacha bosim diastolik
bosimga yaqin bo’ladi. Sistolik va diastolik bosim har bir arteriyada o’zgaruvchan
bo’lsa, diastolik bosim nisbatan o’zgarmas kattalik hisoblanadi.
Bosimning diastolada pasayish vaqti sistolada ko’tarilish vaqtiga qaraganda
ortiqroq bo’lgani uchun o’rtacha bosim miqdori diastolik bosimga yaqinroq.
Arterial bosimning ko’tarilishi
arterial gipertenziya
,
pasayishi esa-
arterial
gipotenziya
deb ataladi.
Arterial bosimni aniklashning ikki usuli bor: qonli yoki bevosita va qonsiz-
bilvosita usullari mavjud.
1733 yilda S. Xels otlarda arterial bosimni qonli usuli yordamida aniqladi.
Keyinchalik nemis olimi K. Lyudvig bu usulni takomillashtirib, yozib oluvchi
moslamalarga ulab o’ziga xos egri chiziqni yozib oldi.
Hayvonlarda arteriyalarga shisha kanyula yoki kateter kiritilib,
uning uchi
qattiq shisha idishli manometrga ulab qo’yilsa, katetr va shisha idish ichida qon
ivib qolmasligi uchun qon ivishiga qarshi eritma bilan to’ldiriladi va arterial qon
bosimi egri chizig’i yozib olinadi.
Birinchi tartibdagi to’lqinlar
eng ko’p bo’lib, yurak qisqarishlariga bog’liq,
sistolada ko’tarilib, diastolada pastga tushadi. Yozib olingan tishchalar soni yurak
urushlar soniga to’g’ri kelib
puls to’lqinlari
deb ham ataladi. Birinchi tartibli
to’lqinlarni
yozib olishni davom ettirilsa, u o’z ko’rsatkichini o’zgartirganligini
kuzatish mumkin. Bu ko’rsatgich nafas olganda pasayib, nafas chiqarganda
ko’tariladi, ya’ni nafas olish va chiqarish bilan bog’liq. SHuning uchun ham bu
to’lqinlarni
nafas to’lqinlari
yoki
ikkinchi tartibdagi to’lqinlar
deb ataladi.
Bu ikki to’lqinlardan tashqari egri chiziqda nisbatan ozroq (1 minutda 6-9 ta)
yurak faoliyati va nafas olish bilan bog’liq bo’lmagan to’lqinlarni yozib olish
mumkin. Bu to’lqinlar
uchinchi tartibdagi to’lqinlar
deb ataladi. Bu to’lqinlar
uzunchoq miyada joylashgan tomirlar tonusini boshqaruvchi
markaz tonusining
vaqti-vaqti bilan ortishi va pasayishidan kelib chiqadi. Bu to’lkinlar ko’proq
miyani kislorod bilan ta’minlanishi buzilganda, qon yo’qotilganda va ba’zi zaxarli
moddalar bilan zaxarlanganda ko’proq kuzatiladi.
Klinik amaliyotda arterial bosimni qonsiz, bilvosita aniqlash usullari keng
qo’llaniladi. Riva-Rochchi usulida tekshirilayotgan odamning yelkasiga kovak
rezina manjeta o’rnatiladi. Manjeta esa rezina naylar orqali simobli monometrga va
havo yuborish uchun mo’ljallangan rezina balonga ulanadi, rezina manjetaga havo
yuborilganda u havo bilan to’lib yelkani, o’z o’rnida, yelka arteriyasini qisadi.
Yelka arteriyasidan qon o’tishi to’xtaydi. Havo yuborishdan avval bilak
arteriyasida pulsni topib olish kerak. Rezina manjetadagi
havo asta sekinlik bilan
chiqariladi. Bosim ma’lum daradaga kelganda bilak arteriyasida puls paydo
bo’ladi. Puls paydo bo’lgandagi monometr ko’rsatkichi sistolik bosimga to’g’ri
keladi. Bu usul yordamida faqat sistolik bosimni aniqlash mumkin.
Korotkov usuli yordamida esa manjetkani pastroq qismidan tovushlar
eshitiladi. Siqilmagan arteriyalarda tovush eshitilmaydi. Manjetkadagi
havo
arteriyani qisib qo’yib, undan qon oqimi to’xtaydi. Bu xolatda ham tovush
eshitilmaydi. So’ngra manjetkadagi havo
asta sekinlik bilan chiqarilsa,
manjetkadagi bosim sistolik bosim darajasiga yetganda qon sistola paytida qisilgan
tomirdan o’ta boshlaydi va bu yerda tovush paydo bo’ladi. Birinchi tovush paydo
bo’lganda monometrdagi ko’rsatkich sistolik bosimga to’g’ri keladi. Manjetkadagi
havoni chiqarish davom ettirilaveradi. So’ngra tovush eshitilmay qoladi, tovush
eshitilmay qolganda manjetkadagi ko’rsatkich diastolik bosimga to’g’ri keladi.
Puls bosimi: sistolik bosimdan diastolik bosimni ayrish yo’li bilan
aniqlanadi.
O’rtacha bosim aorta, yirik arteriyalardan quyidagicha aniqlanadi.
Rur = R diast+R puls=mm .sm. ust.