kapillyar tomonga ham, kanyulya tomonga, ham siljimay, bir joyda turgan taqdirda
byuretkadagi bosim kapillyardagi bosimga teng bo’ladi.
Yurak bilan bir xil balandlikda turgan kapillyardagi bosim uning arterial
oxirida taxminan 25—30
mm,
venoz oxirida esa 8—
12 mm. .
Skelet muskulining 1
mm
2
ko’ndalang kesimiga to’g’ri keladigan
kapillyarlarning umumiy sonini A. Krog va shogirdlari aniqlashgan. Organizmning
hast davrida tushь bilan bo’yalgan to’qimalardagi kapillyarlarni sanashgan. It
muskulining 1 mm
2
ko’ndalang kesimidagi kapillyarlar soni taxminan 2500
ekanligi ma’lum. Maxsus tajribalarda Krog to’qimalarda
kislorodning
diffuziyalanish tezligini aniqladi va shu ma’lumotlarga asoslanib, muskulda qon
hamma vaqt uning barcha kapillyarlaridan o’tgan taqdirda muskul to’qimasidagi
kislorod tarangligi kapillyar qondagi kislorod tarangligiga teng kelishi kerak edi,
degan xulosaga keldi. Lekin tinch holatdagi muskulda kislorod tarangligi juda kam
(nolga yaqin) ekan. Bundan anglashiladiki, muskul tinch turganda qon uning
ozgina kapillyarlari, ya’ni «navbatchi»
kapillyarlar orqali oqadi, qolgan
kapillyarlar esa berk bo’lib, qon o’tkazmaydi. Krog bir hayvonning ishlayotgan va
ishlamayotgan oyog’idagi kapillyarlarni sanab, haqiqatda ham shunday ekanligini
ko’rsatib berdi. Dengiz cho’chqasi muskulining 1
mm
2
ko’ndalang kesimiga jami
3000 kapillyar to’g’ri kelishi, bu miqdor ish vaqtida 2500, tinch turganda esa 31—
270 bo’lishi aniqlangan.
Muskul tinch turganda bir guruh «navbatchi» kapillyarlar ikkinchi guruhi
bilan almashinib turadi. Bir guruh kapillyarlarning berkilish,
ikkinchi guruhning
esa ochilish sababi hozircha noma’lum. Aftidan, maxsus zapas kapillyarlar yo’q,
barcha kapillyarlar muayyan paytda «navbatchi» bo’la oladi.
Berk kapillyarlar keskin tonus holatida bo’lishini Krog aniqladi.
Organizmiing hayot vaqtida ularni hatto yuqori arterial bosimbilan ham qonga
to’ldirib bo’lmaydi, holbuki atonik kapillyarlarni ozgina bosim bilan ham qonga
to’ldirish mumkin.
Kapillyarlar devori faqat endoteliydan iborat bo’lib, muskul elementlari
yo’q, shuning uchun kapillyarlar qanday qilib berkiladi, degan savol tug’ildi.
Kapillyar devorini har joyhar joydan o’tib turuvchi maxsus panjasimon hujayralar
(Ruje hujayralari)ning qisqarishi tufayli kapillyar berkiladi, deb faraz qilindi. Hozir
bu fikr rad etildi. Lrteriolalardagi bosim miqdori kapillyarlar diametrining
o’zgarishida katta rol o’ynaydi. Arteriolalardagi bosim ko’tarilganda
ishlayotgan
kapillyarlar ko’payadi. Arteriolalar kapillyarlarning qonga to’lishini boshqaruvchi
«jo’mraklar» vazifasini o’taydi.
Arteriovenoz anastomozlar. Gavdaning ba’zi qismlarida, masalan, teri, o’pka
va buyraklarda arteriolalar bilan venalarning bevosita qo’shilib ketgan joylari bor.
Bu qo’shilmalar —
arteriovenoz anastomozlar
— arteriola va venalar orasidagi
eng kalta yo’ldan iborat. Odatdagi sharoitda bu anastomozlar berk bo’lib, qon
kapillyarlar to’ridan oqadi. Anastomozlar ochiq bo’lsa qonning bir qismi
kapillyarlarga kirmay, venalarga o’tishi mumkin.
Shunday qilib, arteriovenoz anastomozlar kapillyar qon aylanishini
boshqarib turuvchi shuntlar rolini o’ynaydi. Atrofdagi muhit temperaturasi
ko’tarilganda yoki pasayganda teri kapillyarlarida qon aylanishining o’zgarishi
anastomozlarniig shunday rol o’ynashini ko’rsatib bera oladi.
Atrofdagi
temperatura ko’tarilganda (35° dan oshganda) yoki pasayganda (15° dan pastga
tushganda) teridagi anastomozlar ochiladi va qon arteriolalardan bevosita
venalarga o’ta boshlaydi. Bu, qonni isib ketish yoki sovib ketishdan saqlaydi,
chunki bu sharoitda qonning hammasi issiqni yutadigan yoki tashqariga
chiqaradigan terining kapillyar to’ridan o’tavermaydi.