tarkibida markazga intiluvchi tolalarni retseptorlari karoid sinusida joylashgan.
Karotid sinusiga maxsus kanyula orqali qon yuborilib bosim ortirilsa tana
tomirlarida arteriya bosim pastlashi kuzatiladi. AB pastlashi uyqi arteriyalari
devorlarini cho’zilishi karotid sinus retseptorlarini qo’zg’atib,
refleks orqali
tomirlarni toraytiruvchi markazni tonusini pastlatadi vaadashgan nerv markazini
tonusini ortiradi. Qon bosimini refleks orqali boshqarish xemoretseptorlar
yordamida amalga oshirish mumkin. Ularni qonni tarkibidagi kimyoviy moddalar
qo’zg’atadilar. Bunday retseptorlar aorta va karotid tanachalarida bo’ladi.
Xemoretseptorlar qonda karbonat angidridni ortishi va kislorodni yetishmasligiga
sezgir bo’ladi. Bu retseptorlardan impulьslar tomirlarni xarakatlantiruvchi
markazga borib uni tonusini ortiradi. Natijada qon tomirlar torayib bosim ortadi.
Shunday qilib aorta va uyqu arteriyalardagi xemoretseptorlar qo’zg’alib tomirlarda
pressor
reflekslarni chiqarsa, mexanaretseptorlarni qo’zg’alishi esa depressor
reflekslarni keltirib chiqaradi.
Qon tomirlar tonusini postloq orqali boshqarish.
Tomirlarga postloqni
ta’sirini postloqni ayrim qismlariga ta’sir etish orqali aniqlangan. Odamda
tomirlarga postloqni ta’sirini pletizmografiya usulida o’rganilgan. Agar terini
sovitish yoki isitishni boshqa bir signal bilan birga olib borilsa,
bir necha marta
takrorlangandan keyin indifferent signalni o’zi tomirni reaktsiyasini keltirib
chiqaradi. Bunda yot signalga tomirlarni reaktsiyasi shartli refleks yo’li bilan
amalga oshdi. Bosh miya katta yarim sharlari postlog’ini yurak qon tomir tizimiga
ta’sirini sportchilarni musobaqadan oldin qon bosimini ko’tarilishi va yurak
urishlar sonini ortishidan xam ko’rish mumkin.
Tomirlarga gumoral ta’sir etish.
Gumoral moddalarning ayrimlari qon
tomirlarni toraytirsa boqalari kegaytiradi. Tomir larni toraytiruvchi adrenalin ,
noradrenalin va vazopressin kiradi. Ularni juda oz
miqdordagisi xam tomiralga
ta’sir etadi. Qon tomirlarni toraytiruvchi moddalarga serotonin xam kiradi.
Buyraklarda xosil bo’ladigan renin tomirlarni aloxida toraytiruvchi omil
xisoblanadi.
Renin o’zi qon tomirlarni toraytirmaydi. U angiotenzinogenni angiotenzin–1
aylantiradi. Angiotenzin-1 faolligi uncha kuchli emas. Shu sababli unga ferment
ta’sir etib faolligi kuchli angiotenzin-2 aylantiradi. Buyraklardan normada oz
miqdorda renin xosil bo’lib turadi. Qandaydir sababga ko’ra AB pastlasa
ajralayotgan reninning imqdori ko’payadi.
Tomirlarni kengaytiruvchi moddalar.
Buyraklarni miya qismida tomirlarni
kengaytiruvchi modda medullin xosil bo’ladi. Xozirgi vaqtda tananing ko’p
to’qimalarida tomirlarni kengaytiruvchi moddalar –
prosto -glandinlar xosil
bo’ladi.
Jag’ osti va oshqozon osti bezidan tomirlarni faol kengaytiradigan polipeptid
bradikinin olingan. U arteriyalarni silliq tolali muskul larni bo’shashtirib AB
pastlatadi. Atsetilxolin xam tomirlarni kengaytiradi. U qonda tez parchalanganligi
sababli tomirlarga ta’siri faqat maxalliy bo’ladi. tomirlarni kengaytiruvchi
moddalarga gistamin xam kiradi. Gistamin oshqozon va ichaklarni shilliq
pardasida xosil bo’ladi, arteriolalarni kengaytirib kapillyalarni qon bilan to’lishini
ortiradi.