3-Amaliy mashg’ulot:
Windows OTda ishlash ko’nikmalarini takomillashtirish.
Ishning maqsadi: VirtualBox 6.0.0 dasturini o’rnatish hamda ishchi maydinni hosil qilib
Windows XP, Windows 7 operatsion tizimini o’rnatish
va sozlash, zamonaviy axborot
texnologiyalarining o’quv – texnik vositalari kompyuter va ulardan
foydalanish imkoniyatlari
bilan tanishish.
Kutilayotgan natija: Talabalarda
Windows operatsion tizimining turli versiyalarini o’rnatish,
sozlash, axborot texnologiyalarining o’quv – texnik vositalari kompyuterrning ichki,
tashqi
qurilmalari va ularning ishlash printsipi bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish.
Amaliy jihozlari: Kompyuter, VirtualBox 6.0.0 versiyasi Windows operatsion tizimlari.
Nazariy ma’lumot.
Ishni boshlash uchun bizga
VirtualBox 6.0.0 dasturi kerak bo’ladi.
Ushbu dasturni
kompyuterga o’rnatib olamiz. Demak dasturni o’rnatish quyidagicha amalga oshiriladi.
Dastur ustida sichqonchaning chap tugmasini 2 marta bosib ishga tushirib olamiz.
Natijada quyidagi oyna ochiladi.
Dasturning hamma sozlamalarini avtomatik holatda qoldirib
Next tugmalarini ketma –
ketlikda bosib so’ngra
Yes tugmasini bosish orqali dasturni o’rnatish
jarayoniga tayyorlab
olamiz.
Dastur o’rnatilish jarayoniga tayyor holatga kelganidan so’ng
Install va o’rnatilish
tugagandan so’ng
Finish va
Yes tugmalarini bosib ishni yakunlaymiz. Natijada bizga dastur
bilan ishlovchi muloqot oynasi paydo bo’ladi. Endi bu oynada
virtual kompyuterlarni
shakillantiramiz.
Virtual kompyuterlar bizga
Windows va
Linux Ubuntu operatsion
tizimlarini tajriba
maydonchasida o’rnatish uchun kerak bo’ladi. Amaliy mashg’ulot darsimizning mazmuni ham
shundan iborat. Demak ishni quyidagi tartibda bajarishni boshlaymiz.
Bu oynada virtual kompyuterni nomini
Имя bo’limiga, joylashinuv manzilini esa
Папка